Videoretsept: Grissinlar
Masalliqlar:
-
300 gramm un
-
2 choy qoshiq quruq xamirturush
-
bir chimdim shakar
-
170 millilitr iliq suv
-
5 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
-
bir chimdim tuz
-
Asosiga:
-
50 gramm qattiq pishloq
-
15 gramm sedana
Yo’nalishlar
Grissinlar — italyancha nonli tayoqchlar bo’lib, ularning ichiga har xil masalliqlardan solish mumkin. Bizlar bugun pishloqli va sedanalilaridan tayyorladik. Bunday mazali grissinlarni sotib olmasdan, endilikda o’zimiz tayyorlaymiz.
Bunday grissinlarning tayyorlanilishi tez va oson bo’lib, ularni sho’rvalar, choy va qahva bilan iste’mol qilish mumkin.
Pishiriladigan yegulikka taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi maqola chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
2 choy qoshiq quruq xamirturush | |
bir chimdim shakar | |
170 millilitr iliq suv | |
5 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
50 gramm qattiq pishloq | |
15 gramm sedana |
Katta tog'orachaga unni elab solamiz, ustidan xamirturush, shakar, tuz va iliq suvni solamiz. 5 qoshiq yog' solib, xamir qoramiz.
Qorilgan xamir ustidan ikki qoshiq yog' quyamiz, ustini yopib, 30 daqiqa iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni teng ikkiga bo'lamiz.
Xamir juda yopishqoqligi uchun uni pergament qoog'oz o'rtasiga qo'yib, 2-3 mm qalinlikda yoyamiz. Pishloqni qirg'ichdan chiqarib, yoyilgan xamir ustidan sepamiz.
Ruletga o'xshatib o'raymiz va ustidan yana 5 mm qalinlikda yoyamiz.
Yoyilgan xamirlardan qalinligi 1 sm li uzun lentalar kesib chiqamiz.
Lentalarni burib, spiralsimon ko'rinishga keltiramiz.
Ularni gaz pechi patnisiga terib, 180 C qizdirilgan gaz pechiga yo'llaymiz. 15 daqiqa davomida pishiramiz.
Ikkinchi xamir bo'lagini ham olib, 5 mm qalinlikda yoyamiz. Ustidan sedana sepamiz va 1 sm qalinlikdagi uzun lenalar kesib olamiz.
Masalliqlar:
300 gramm un | |
2 choy qoshiq quruq xamirturush | |
bir chimdim shakar | |
170 millilitr iliq suv | |
5 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i | |
bir chimdim tuz | |
Asosiga: |
|
50 gramm qattiq pishloq | |
15 gramm sedana |
1 Sharhlar Hide Comments
Menimcha qadamlarning pastida turgan Tugllandi tugmasini Tugallandi deb o’zgartirsak maqsadga muvofiq bo’lar edi… Zero, hamma retseptlarda shu kabi xato. Savodxon Zira buni inobatga olsa kerak.