Videoretsept: go’shtli yupqa
Masalliqlar:
-
xamiri uchun
-
300 gramm un
-
200 gramm suv
-
1 choy qoshiq tuz
-
nachinkasi uchun
-
300-350 gramm piyoz
-
350 gramm mol go'shtidan qiyma
-
300 gramm sabzi
-
60 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
O’zbek oshxonasi o’zining xilma-xil taomlari bilan ajralib turadi. Bugun biz sizga yupqani qanday tayyorlashni ko’rsatamiz. Yupqa – bu o’ziga xos an’anaviy taom.
Qovurishning g’ayrioddiy usuli tufayli siz taniqli mahsulotlardan mazali va to’yimli taom tayyorlashingiz mumkin bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 27 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
300 gramm un | |
200 gramm suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
nachinkasi uchun |
|
300-350 gramm piyoz | |
350 gramm mol go'shtidan qiyma | |
300 gramm sabzi | |
60 millilitr o'simlik yog'i |
Xamir tayyorlaymiz:
Idishga suv, tuz va un solib, yumshoq xamir qoramiz.
Nachinka tayyorlaymiz:
Piyozni yarim halqa shaklida to'g'raymiz.
Sabzini somoncha shaklida qirg'ichdan o'tkazamiz.
Qozonga o'simlik yog'ini solib, qizdiramiz.
Qizigan yog'ga piyoz solib, 5 daqiqa qovuramiz. So'ngra go'shtni solib, tuz va murch sepib, tahminan 7 daqiqa qovuramiz.
So'ngra sabzini solib, yarim tayyor holga kelgunicha (5-7 daqiqa) qovuramiz. Qopqog'ini yopib, olovdan olamiz.
Xamirni 10-12 bo'lakka bo'lamiz (50-55 grammdan).
Har bir bo'lakka un sepib, (tova diametri bo'yicha) yupqa qilib yoyamiz.
Yoyilgan xamirni o'rtacha olovda bir tarafini qovurib, so'ngra ikkinchi tarafini o'girib, butun diametri bo'yicha nachinka solamiz (2-3 osh qoshiq). Nachinkani xamirning ikkinchi tarafi bilan yopib, o'giramiz (videoda ko'rsatilganidek).
Maslahat: har bir tarafi tahminan 1 daqiqadan qovuriladi. Qavatlarni 3 tadan 5 tagacha qilish mumkin.
5 qavat qilgandan so'ng, tovani qopqog'ini yopib, 7-10 daqiqa pishiramiz. Shu tarzda qolganlarini ham pishirib olamiz.
Qovurilgan yupqalarni likopchaga olib, ustini yopamiz va 20 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Masalliqlar:
xamiri uchun |
|
300 gramm un | |
200 gramm suv | |
1 choy qoshiq tuz | |
nachinkasi uchun |
|
300-350 gramm piyoz | |
350 gramm mol go'shtidan qiyma | |
300 gramm sabzi | |
60 millilitr o'simlik yog'i |