fbpx
Videoretsept: go’shtli nachinkaga ega kartoshkali mantilar

Videoretsept: go’shtli nachinkaga ega kartoshkali mantilar

Masalliqlar:

  • asosi uchun

  • nachinkasi uchun

Yo’nalishlar

Manti har xil usulda pishiriladi, har bir usuli o’ziga xos va mazali bo’lib chiqadi. Biz retseptlar ro’yxatingizni kartoshkali manti bilan to’ldirishingizni taklif qilamiz.

Xamir o’rniga bu taomning asosini kartoshka tashkil etadi – bu xamir bilan ovora bo’lishni istamaydiganlar uchun yaxshiimkoniyat bo’la oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 34 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
asosi uchun
1 kilogramm kartoshka
0,5 bog' kashnich
1 bog' ko'k piyoz
40 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
nachinkasi uchun
qovurish uchun o'simlik yog'i
300 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
0,5 bog' kashnich
1 osh qoshiq pomidor pastasi
0,5 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
Qadam 1
Tugallandi

Asosini tayyorlab olamiz:

Kartoshkani po'stidan tozalab, qaynatib, pyure holatiga keltirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Pyurega mayda to'g'ralgan ko'k piyoz va ko'kat solib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra tuz, murch va o'simlik yog'i solib, aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz:

Piyozni mayda qilib to'g'rab, o'simlik yog'ida shaffof rang bo'lgunicha qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Piyozga qiymani solib, yana 7 daqiqa qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ngra tuz, murch va pomidor pastasini solib, aralashtiramiz va yana 7 daqiqa qovuramiz. Undan so'ng qopqog'ini yopib, 10 daqiqa pishiramiz va olovdan olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

1 osh qoshiqdan pyure olib, dumaloqchalar hosil qilamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Dumaloqchalarda chuqurchalar hosil qilib, ustiga go'shtli nachinka qo'yib chiqamiz. Taom tayyor

Tayyor mantilarni istalgan qayla bilan dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1,5 soat
  • Portsiya 14
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
asosi uchun
1 kilogramm kartoshka
0,5 bog' kashnich
1 bog' ko'k piyoz
40 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
nachinkasi uchun
qovurish uchun o'simlik yog'i
300 gramm mol go'shtidan qiyma
100 gramm piyoz
0,5 bog' kashnich
1 osh qoshiq pomidor pastasi
0,5 choy qoshiq tuz
ta'bga ko'ra murch
oldingi
Gaz pechida pishirilgan shokoladli nachinkaga ega ponchiklar
keyingi
Videoretsept: sutli korjiklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.