fbpx
  • Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Videoretsept: Davlatlararo standart (GOST) asosida pishirilgan tvorogli keks
Videoretsept: Davlatlararo standart (GOST) asosida pishirilgan tvorogli keks

Videoretsept: Davlatlararo standart (GOST) asosida pishirilgan tvorogli keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Davlatlararo standart asosida pishirish bu insonga faqatgina zavq bag’ishlaydi. Chunki solinadigan masalliqlar hamyonbop, miqdori ham aniq bo’lib, umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Bu xushbo’y tvorogli keks barcha oila a’zolaringizga yoqishiga shubhamiz yo’q.
Muhim! Barcha masalliqlar xona haroratida bo’lishi shart, shu sabab ham tayyorlashdan 1-2 soat oldin, barcha masalliqlarni tayyorlab qo’ying.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 13 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
75 gramm sariyog'
130 gramm 5-9 % li tvorog
165 gramm shakar
2 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma razrixlitel'
ustiga sepish uchun shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Shakar bilan xona haroratida yumshagan sariyog'ni yaxsilab ko'pirtiri olamiz va vanil hakaridan solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tvorog qo'shib aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tuxumlarni birma-ir solib, ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Ustidan un va qabartmani elab solamiz va mikserda 1 daqiqa aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor xamirni kattaligi 10x20 sm bo'lgan qolipni avval yog'lab, so'ng ichiga quyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechida 50-60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgandan song ustiga shakar upasidan sepamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
150 gramm un
75 gramm sariyog'
130 gramm 5-9 % li tvorog
165 gramm shakar
2 ta tuxum
0.5 choy qoshiq qabartma razrixlitel'
ustiga sepish uchun shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Qo’y go’shtidan tayyorlanilgan hashlama
keyingi
Qishga salat: pomidorli qaylada pishirilgan baqlajonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.