fbpx
Quyultirilgan sut qo’shib pishirilgan kekslar

Quyultirilgan sut qo’shib pishirilgan kekslar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Quyultirilgan sut solib pishiriladigan juda mazali kekslarning retseptini e’tiboringizga havola etamiz.

Bunday kekslar universal bo’lib, asos sifatida ichiga xohlagan masalliqlaringizdan solishingiz mumkin.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

200 gramm margarin
2 ta tuxum
380 gramm quyultirilgan sut
300 gramm un
1.5 choy qoshiq qabartma
Qadam 1
Tugllandi

Margarinni mikroto'lqinli pechda eritamiz va sovutib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Eritilgan sariyog' va quyultirilgan sutni birlashtirib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Bittadan tuxum solib, mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Unni qabartma bilan elab olamiz va aralashmaga solamiz. Ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Xamirni kekschalarga mo'ljallangan qolipchalarga quyib chiqamiz va 180 C darajada qizigan pechda 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

200 gramm margarin
2 ta tuxum
380 gramm quyultirilgan sut
300 gramm un
1.5 choy qoshiq qabartma
oldingi
Lavash va pishloqli naychalar
keyingi
Videoretsept: Cho’pchalarda pishirilgan losos balig’i

Fikringiz