fbpx
Videoretsept: apelsinli o’rama pirog

Videoretsept: apelsinli o’rama pirog

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • nachinkasi uchun

  • qiyomi uchun

Yo’nalishlar

Sizga oshirma xamirdan ajoyib pishiriq retseptini taqdim etamoqchimiz. Apelsin va dolchinning xushbo’y isiga to’yingan, shokoladli nachinkaga ega ushbu o’rama pirog sizning eng sevimli retseptlaringiz orasidan joy olishi aniq.

Dr.Oetkerning tez ta’sir etuvchi xamirturushu bilan oshirma xamir tayyorlash yanada oson bo’ladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
600 gramm un
1 choy qoshiq Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
240 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
50 gramm shakar
115 millilitr o'simlik yog'i
2 ta tuxum
1 ta apelsin sedrasi
1 choy qoshiq Dr.Oetker vanil shakari
nachinkasi uchun
100 gramm shokoladli pasta
100 gramm Dr.Oetker maydalangan dolchini
qiyomi uchun
75 millilitr apelsin sharbati
75 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Idishda illiq suv, shakar, tuz va xamirturushni aralashtiramiz.

So'ngra tuxum, o'simlik yog'i va apelsin sedrasini solib, yana aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Suyuq massaga unni yarmini solib, aralashtiramiz va vanil shakarini solib aralashtirib, so'ngra qolgan unni ham solib, xamir qoramiz. Xamir nozik bo'lishi, ammo qo'lga yopishmasligi kerak.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni yog'langan idishga solib, ustini yopishqoq plyonkada yopamiz va issiq joyga 1,5-2 soatga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni 2 ga bo'lib, to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz va chetlarida 1 smdan joy qoldirib, ustiga shokoladli pasta surtamiz

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni rulet shaklida o'rab, pergament qog'oziga o'raymiz va 15 daqiqaga muzxonaga yuboramiz.

Xamirning ikkinchi bo'lagini ham shu tarzda o'raymiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovugan ruletlardan pergament qog'ozini olib, tepasida ozroq joy qoldirib, o'rtasidan kesamiz. Hosil bo'lgan ikkita tasmani o'zaro o'raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

O'ramani pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisi yoki to'g'ri to'rtburchak shaklidagi qolipga joylashtirib, ustiga sochiq yopib, 1 soat tindiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Qiyom tayyorlaymiz:

Idishga shakar solib, apelsin sharbatini quyamiz va olovga qo'yamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng olovdan olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Qaynoq o'rama piroglarga yaxshilab qiyom surtamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soatdan ko'proq
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
600 gramm un
1 choy qoshiq Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
240 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
50 gramm shakar
115 millilitr o'simlik yog'i
2 ta tuxum
1 ta apelsin sedrasi
1 choy qoshiq Dr.Oetker vanil shakari
nachinkasi uchun
100 gramm shokoladli pasta
100 gramm Dr.Oetker maydalangan dolchini
qiyomi uchun
75 millilitr apelsin sharbati
75 gramm shakar
oldingi
«Konfetka» pechenyesi
keyingi
Videoretsept: sersuv nachinkaga ega go’shtli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.