Vanilli rogaliklar
Masalliqlar:
-
125 gramm bodom
-
250 gramm un
-
0.5 choy qoshiq qabartma
-
3 ta tuxum sarig'i
-
100 gramm shakar
-
200 gramm muzdek sariyog'
-
100 gramm shakar upasiustiga sepish uchun
Yo’nalishlar
Vanilli rogaliklar – bu juda oson tayyorlaniladigan, xushbo’y ta’mga ega pechenyelardir. Undan har kuni pishirib oila a’zolaringizni xursand qilishingiz, bayram dasturxonlariga tortishingiz ham mumkin.
Bunday pechenyelar xamirini oldindan tayyorlab qo’yib, o’zingizga qulay kunda pishirib olishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 25 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
125 gramm bodom | |
250 gramm un | |
0.5 choy qoshiq qabartma | |
3 ta tuxum sarig'i | |
100 gramm shakar | |
200 gramm muzdek sariyog' | |
100 gramm shakar upasi |
Bodomni kombaynga solib maydalab olamiz. Agarda kombayn yo'q bo'lsa, unda avval pichoqda biroz maydalaymiz, so'ng yelim xaltaga solib, o'qlovda maydalab olamiz.
Barcha masalliqlarni bitta idishga solib, mikserda aralashtirib olamiz. Xamir yaxlit holatga kirsa, ularni olib stol ustiga qo'yamiz.
Xamirni teng uch qismga bo'lamiz va yarim soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Aytgancha, bu xamirni bir haftagacha sovutgichda saqlash mumkin.
Xamirni bir bo'lagini olib, uzun kolbasa yasaymiz va 2 sm qalinlikdagi bo'lakchalar kesib olamiz.
Gaz pechini 180 C darajaga yoqamiz. Patnisga pergament qog'oz to'shaymiz.
Har bir xamir bo'lkchasini ikkita kaft orasiga qo'yib, uzunchoq shakl yasaymiz va yarim oy shaklini berib, patnisga teramiz.
Pechenyelarni hammasini bir xil kattalikda bo'lishiga 'tiborli bo'ling, aks holda biri pishmay, ikkinchisi kuyib qolishi mumkin.
10-12 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pishgan pechenyelarni birozgina ilitib, so'ng shakar upasiga belab olamiz. Rogaliklar sovib qolmasin, chunki shakar upasi ularga yopishib olishi kerak. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
125 gramm bodom | |
250 gramm un | |
0.5 choy qoshiq qabartma | |
3 ta tuxum sarig'i | |
100 gramm shakar | |
200 gramm muzdek sariyog' | |
100 gramm shakar upasi |