fbpx
Uyda tayyorlanilgan baget noni

Uyda tayyorlanilgan baget noni

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Xushbo’y isli va yumshoqqina bo’lib pishadigan baget nonidan pishirishni tavsiya qilamiz. Uning tayyorlanilishi juda oddiy bo’lib, har bir bekajonimizning qo’lidan kelishi shubhasizdir.

Bunday yegulik uchun juda oddiy, barchaning uyida mavjud oddiy masalliqlar ishlatiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 4 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm un
350 millilitr xona haroratidagi iliq suv
6 gramm quruq xamirturush
10 gramm tuz
15 gramm shakar
3 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Piyolachaga xamirturush va shakarni solamiz. Ustidan ozroq iliq suv quyib, 2-3 daqiqa shakar eriguncha yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tog'orachaga qolgan suvni, xamirturushli aralashma, yog' va 5 osh qoshiq unni solib, aralashtirib olamiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga iliq joyga olib qo'yamiz. Vaqt o'tgandan so'ng, ustida pufakchalar paydo bo'ladi.

Qadam 3
Tugallandi

Aralashma ustidan un va tuzni solamiz va xamirqorib olamiz. Xamir qo'lga yopishadigan bo'ladi, shu sababdan qo'lnni yog'lab olsak, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni stol ustiga olib, 2-3 daqiqa mushtlaymiz va ustini yopib, 30 daqiqa iliq joyga qo'yib turamiz.Xamirni 2, 3 yoki xohishga qarab, 4 ga bo'lamiz.

Stol ustini yog'lab olamiz. Har bir xamirni qo'lda uzunchoq qilib cho'zamiz. So'ng xamirga bagetsimon shakl beramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Chokli tomonini pastga qaratib, ozroq un sepilgan patnisga olamiz. Bagetlarning ustidan ham ozgina un sepib, bir nechta joyini pichoqda nomiga kesib chiqamiz.

Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Oldindan 200 C darajada qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishirish vaqti uning hajmiga ham bog'liq.

Shu sabba ham ularni kuzatib turing, tillarangga kirganda esa, tayyor bo'lgan hisoblanadi.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm un
350 millilitr xona haroratidagi iliq suv
6 gramm quruq xamirturush
10 gramm tuz
15 gramm shakar
3 osh qoshiq zaytun yoki o'simlik yog'i
oldingi
Limonli kurd
keyingi
Qaymoq-pishloqli qaylada pishirilgan go’shtli taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.