Uy sharoitida tayyorlangan koreyscha sabzili salat
Masalliqlar:
-
4 ta qizil sabzi
-
1 bosh piyoz
-
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz
-
5 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1,5 osh qoshiq tuz
-
1/3 choy qoshiq qora murch
-
1/3 choy qoshiq tuyilgan kashnich
-
1/3 choy qoshiq achchiq qalampir
-
1/3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 osh qoshiq 70% sirka
-
1 bog' kashnich
Yo’nalishlar
O’zbekistonda koreyscha sabzili salatni yoqtirmaydiganlar topilmasa kerak. Bugun bizlar bu salatni tayyorlashdagi barcha sirlarni ochib beramiz.
Bu salat uchun sabzini to’g’ri tanlash juda muhimdir – sabzi butun va yorqin rangda bo’lishi kerak, quruq sabzidan umuman foydalanmang. Sabzining dum qismiga e’tibor bering, agar u yashjil rangda bo’lib, sabzining 1/3 qismini egallasa – bunday mahsulotni ishlatib bo’lmaydi. Sabzini tayyorlashdan oldin ozroq bo’lagini ta’tib ko’ring – taxir bo’lmasin.
Tayyorlash jarayonida tuzini ta’tib ko’ring, me’yorida bo’lsin. Sirkadan ham xuddi shunday foydalaning.
Masalliqlar:
4 ta qizil sabzi | |
1 bosh piyoz | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
5 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1,5 osh qoshiq tuz | |
1/3 choy qoshiq qora murch | |
1/3 choy qoshiq tuyilgan kashnich | |
1/3 choy qoshiq achchiq qalampir | |
1/3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 osh qoshiq 70% sirka | |
1 bog' kashnich |
Sabzini maxsus koreyscha salat uchun mo'ljallangan qirg'ichdan o'tkazamiz, tuzlab, suvi chiqishi uchun 20 daqiqa chetga olib qo'yamiz.
Agar sabzi taxirroq bo'lsa, unda uni tuzli suvda ivitib qo'ying.
Tovaga yog' solib, piyozni qovurib olamiz va sovutamiz.
Agar achchiqroq qilmoqchi bo'lsangiz, unda piyozga qizil qalampirdan sepasiz va birga qovurasiz.
Sabzi suvini chiqarib bo'ldi, agar u taxirroq bo'lsa, suvini siqib tashlang, agar shirin bo'lsa unda shart emas.
Sabzining ustidan qovurilgan piyozni solamiz, kashnich, murch, tuz solib, sarimsoqpiyozni ham ezib yoki mayda to'g'rab solamiz.
Ustidan 70% li sirkani suv bilan 1:1 aralashtirib solamiz.
Shakarni ozroq suvga solib eritamiz va salatga qo'shamiz.
Agar sizning sirka 9% li bo'lsa, unda uni suv bil;an aralashtirmang, o'zini 3 osh qoshiq soling.
Barchasini yaxshilab aralashtiring va oxirida kashnichni kattaroq to'g'rab soling.
Salatni 15-20 daqiqaga olib qo'yamiz, so'ng esa dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
4 ta qizil sabzi | |
1 bosh piyoz | |
2 ta tishcha sarimsoqpiyoz | |
5 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1,5 osh qoshiq tuz | |
1/3 choy qoshiq qora murch | |
1/3 choy qoshiq tuyilgan kashnich | |
1/3 choy qoshiq achchiq qalampir | |
1/3 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 osh qoshiq 70% sirka | |
1 bog' kashnich |