fbpx
«Unutilgan» pechenyelar

«Unutilgan» pechenyelar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bu pechenye juda mayin va mazali ta’mda bo’lib, bir tishlagandayoq og’izda erib ketadi. Nima uchun uning nomi «unutilgan» pechenyelar deb qiziqiyapsizmi?

Bu savolga retseptni to’liq o’qib chiqib, javob topasiz.

Juda ham oddiy masalliqlar va sizdan 10-12 daqiqa bo’sh vaqt talab etiladi, xolos!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 ta tuxum oqi
100 gramm shakar
90 gramm qora shokolad
100 gramm tozalangan yong'oq
1 o'ramcha vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Yong'oq va shokoladni pichoq yordamida o'rtacha kattalikda maydalaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tuxum oqini toza idishga solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Oz-ozdan shakar va vanil shakarini solib, shakar erigunicha yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Shokolad va yong'oqlarni ko'pirtirilgan massaga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pergament qog'oz to'shalgan patnis ustiga qoshiq yordamida bezedan solib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Oldindan 180 C darajada qizdirilgan pechga solib, 5 daqiqa davomida pishiramiz. So'ng, pechni ochmasdan, gazni o'chiramiz va pechenyelar borligini 2 soatga "unutamiz".

Muhim! Bu vaqt mobaynida gaz pechini ochib ko'rish ham qat'iyan man etiladi.

So'ng, pechenyelarni olib, issiq choy yoki qahva bilan birga tortamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 ta tuxum oqi
100 gramm shakar
90 gramm qora shokolad
100 gramm tozalangan yong'oq
1 o'ramcha vanil shakari
oldingi
Tovuq va qo’ziqorinli to’yimli salat
keyingi
Sarimsoqpiyoz va kartoshka bilan pishirilgan mol go’shtidan antiqa taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.