Tvorogli yurakchalar
Masalliqlar:
-
250 gramm tvorog
-
130 gramm sariyog'
-
1 dona tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1 choy qoshiq qabartma
-
2 choy qoshiq shakar
-
330 gramm un
-
150 gramm shakar upasi
-
0.5 choy qoshiq vanil shakari
Yo’nalishlar
Yurakchasimon shakldagi tvorogli pechenyelar katta-yu kichikka birdek yoqishi aniq. Buning uchun esa eng asosiysi ko’p masalliqlar talab qilinmaydi.
Bunday pechenyelar dasturxonga ham o’zgacha ko’rinish bag’ishlaydi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*
*nnarxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm tvorog | |
130 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
2 choy qoshiq shakar | |
330 gramm un | |
150 gramm shakar upasi | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari |
Un, tuz va qabartmani elab olamiz.
Tvorogni yumshoq sariyog' bilan aralashtirib olamiz, vanil va vanil shakarini solamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.
Tuxumni solib, silliq bo'lguniga qadar aralashtiramiz.
Tvorogli aralashmani quruq massa bilan aralashtirib olamiz. Xamir qorib olamiz, 30 daqiqa sovutgichga olib qo'yamiz.
Xamirni ikkiga bo'lamiz. Xamir ustidan shakar upasini sepamiz va xamirni 2-3 sm qalinlikda yoyib olamiz. Ustidan yana shakar upasi sepamiz.
Xamirning ikki tomonini o'rtaga qilib o'rab chiqamiz. So'ng bir xil qalinlikda ularni kesib chiqib, yurakchasimon shakl beramiz.
200 C darajada qizigan pechda 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.
Pishgan bulochkalar ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm tvorog | |
130 gramm sariyog' | |
1 dona tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1 choy qoshiq qabartma | |
2 choy qoshiq shakar | |
330 gramm un | |
150 gramm shakar upasi | |
0.5 choy qoshiq vanil shakari |