Tovuqli ruletlar
Masalliqlar:
-
400 gramm tovuq sonlari*bedrishki
-
50 gramm pishloq
-
50 gramm xohlagan ko'katlar
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Mana bunday ajoyib ta’mli ruletchalarni tayyorlash juda oson bo’lib, ko’p vaqt va mablag’ talab qilinmaydi. Shuningdek bunday ruletlardan parhez tutuvchi ayollarimiz ham bemalol iste’mol qilishlari mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 18 000 so’m sarf qilinadi.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
400 gramm tovuq sonlari | |
50 gramm pishloq | |
50 gramm xohlagan ko'katlar | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Tovuq sonlarini po'sti va suyakchalaridan ajratib olamiz. Suyagi olib tashlangan joyini nomiga tilib chiqamiz. So'ng go'shtni bir tekis qilib terib chiqamiz va oshxona bolg'achasi yordamida "urib" chiqamiz.
Pishloqni qirg'ichdan chiqarib olamiz. Ko'katlar va sarimsoqpiyozni mayda qilib to'g'raymiz. Hammasini bitta idishga solib, aralashtirib olamiz.
Tovuq go'shti ustidan pishloqli aralashmani surtib chiqamiz. Ruletsimon shaklda o'rab chiqamiz va folga qog'ozga solib, o'raymiz. 180 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
400 gramm tovuq sonlari | |
50 gramm pishloq | |
50 gramm xohlagan ko'katlar | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch |