fbpx
Tez tayyor bo’ladigan qo’ziqorinli pirojkalar

Tez tayyor bo’ladigan qo’ziqorinli pirojkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Ajoyib ko’rinishga ega qo’ziqorinli tez pishar pirojkalar – yaqinlaringizni hayratda qoldirishi aniq. Pirjkalarning  noodatiy shakli hech kimni befarq qoldirmaydi.

Ular juda mazali va xushbo’y bo’lib chiqadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 39 500 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Qadam 1
Tugallandi

Shampinyonni to'rtburchak shaklida to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni maydalab to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qo'ziqorinni o'simlik yog'ida qovuramiz. Suvi bug'lanib ketganidan so'ng, piyoz solib, ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tayyor bo'lgunicha qovurib, sovutamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovugan nachinkaga qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq va mayda qilib to'g'ralgan ko'kat solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni unlab, to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyamiz. So'ngra 12*12 diametrga ega to'rtburchaklarga kesib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

1-1,5 osh qoshiq nachinka solib, to'rtburchakni romb shaklida qo'yib, ikki chetini yopib,"kulyok" hosil qilamiz. Pirojkalarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustiga tuxum surtib, 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url
oldingi
Sersuv go’shtli nachinkaga ega chebureklar
keyingi
Videoretsept: «Qoplon» pechenyesi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.