Tayyor xamirdan tayyorlangan Milfey
Masalliqlar:
-
500 gramm tayyor qatlama xamir
-
2 osh qoshiq shakar
-
2 osh qoshiq shakar upasi
-
kremi uchun
-
250 gramm tvorogli pishloq
-
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
2-3 osh qoshiq shakar upasi
-
ta'bga ko'ra vanil shakari
-
200 gramm malina yoki boshqa istalgan rezavor meva
Yo’nalishlar
Milfey haqida gap ketganda, biz juda mazali narsani tasavvur qilamiz, biroq uni tayyorlash nihoyatda qiyin deb o’ylaymiz, ammo bu unday emas.
Ushbu fransuzcha desertni tayyor xamirdan tayyorlashingizni maslahat beramiz. Retsept o’zining oddiyligi va masalliqlarning ajoyib kombinatsiyasi bilan sizni lol qoldiradi. Karamellashtirilgan qarsildoq korj, mayin krem va yangi rezavor mevalardan yana nima mazaliroq bo’lishi mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
2 osh qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq shakar upasi | |
kremi uchun |
|
250 gramm tvorogli pishloq | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
2-3 osh qoshiq shakar upasi | |
ta'bga ko'ra vanil shakari | |
200 gramm malina yoki boshqa istalgan rezavor meva |
Xamirni eritib, 5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
So'ngra 20 ga 10 sm keladigan 3 ta bo'lakka bo'lamiz.
Xamir bo'laklari ustiga yaxshilab shakar sepib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
220 C darajada qizdirilgan gaz pechiga yuboramiz va olovini 190 C darajaga tushirib, 10 daqiqa pishiramiz. So'ngra xamir ortiqcha oshmasligi uchun ustiga gaz pechi panjarasini ehtiyotkorlik bilan qo'yamiz va yana 5-7 daqiqa pishiramiz.
So'ngra panjarani olib, xamirni o'girib, shakar upasi sepamiz va yana 3-5 daqiqaga ustida karamelli qatlam hosil bo'lgunicha gaz pechiga yuboramiz.
Xamirni gaz pechidan olib, sovutamiz va yonlarini kesamiz. Har bir xamir bo'lagini 2 ta bir xil bo'lakka bo'lamiz.
Kremi uchun qaymoqni ko'pirtirib, tvorogli pishloq va shakar upasini solamiz. So'ngra mikserning o'rtacha tezligida aralashtiramiz.
Hosil bo'lgan kremni konditer qopchasiga joylashtirib, dumaloq nasadka yordamida kremni xamirga tugmacha shaklida joylashtirib chiqamiz.
Masalliqlar:
500 gramm tayyor qatlama xamir | |
2 osh qoshiq shakar | |
2 osh qoshiq shakar upasi | |
kremi uchun |
|
250 gramm tvorogli pishloq | |
100 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
2-3 osh qoshiq shakar upasi | |
ta'bga ko'ra vanil shakari | |
200 gramm malina yoki boshqa istalgan rezavor meva |