Sitrusli limonad
Masalliqlar:
-
2 ta apelsin
-
2 ta limon
-
yarim bog' yalpiz
-
1.5 litr gazlangan suv
-
Qiyomiga:
-
1 dona kattaroq apelsin
-
1 dona limon
-
1.25 stakan qaynoq suv
-
1.5 stakan shakar
Yo’nalishlar
Tetiklashtiruvchi sitrusli limonad — issiq kunlarda chanqoqni bosadigan eng yaxhi ichimliklardan biridir.
Sotuvdagi ichimliklardan kamroq xarid qilib, uy sharoitida ularni tayyorlab ko’rih anchagina foydaliroqdir.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 17 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
2 ta apelsin | |
2 ta limon | |
yarim bog' yalpiz | |
1.5 litr gazlangan suv | |
Qiyomiga: |
|
1 dona kattaroq apelsin | |
1 dona limon | |
1.25 stakan qaynoq suv | |
1.5 stakan shakar |
Qiyomni tayyorlab olamiz:
Apelsin va limon sharbatini siqib, qozonchaga solamiz. O'zini esa bo'laklarga bo'lib, solamiz.
Ustidan qaynoq suv quyamiz va gazga qo'yib, 10 daqiqa davomida qaynatamiz. So'ng sovutib, doka ro'moldan o'tkazamiz.
Suyuqlik ustidan shakar solib, yana gazga qo'yamiz. Qaynash boshlangandan so'ng 15 daqiqa davomida qaynatamiz. So'ng sovutib olamiz.
Limonad asosini tayyorlaymiz:
Limon va apelsinlarni parrak qilib to'g'raymiz. Grafin yoki bankaga solamiz. Yalpiz yaproqchalarini ham solib, ularni nomiga ezib maydalaymiz.
Ustidan gazlangan suv va tayyorlab qo'ygan qiyomni quyamiz.
Limonadni muz bo'lakchalari va to'g'ralgan apelsin bo'laklari bilan birga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta apelsin | |
2 ta limon | |
yarim bog' yalpiz | |
1.5 litr gazlangan suv | |
Qiyomiga: |
|
1 dona kattaroq apelsin | |
1 dona limon | |
1.25 stakan qaynoq suv | |
1.5 stakan shakar |