Shokoladli yoriq pechenyelar
Masalliqlar:
-
1 ta tuxum
-
75 gramm shakar
-
50 gramm qora shokolad
-
10-20 gramm sariyog'
-
100-150 gramm un
-
belab olish uchun shakar upasi
Yo’nalishlar
Bu pechenyelar ustidagi yoriq naqshlari tufayli ham juda chiroyli, ishtahaochar ko’rinishga ega. Bunday go’zallikni tayyorlash esa hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Shokoladni sevuvchilar uchun esa bu retsept – topilmadir!
Ichi yumshoqqina-yu, usti qarsildoq bu shokoladli pechenyelar hech kimni befarq qoldirmaydi.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
75 gramm shakar | |
50 gramm qora shokolad | |
10-20 gramm sariyog' | |
100-150 gramm un | |
belab olish uchun shakar upasi |
Tuxum shakar bilan oqargunicha ko'pirtiriladi.
Shokolad sariyog' bo'lakchalari bilan suv bug'ida yoki mikrato'lqinli pechda eritiladi.
Shokoladli aralashma biroz sovutiladi, tuxumli massaga qo'shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Ustidan un solinadi va yana aralashtiriladi.
Tayyor xamir choy qoshiq yordamida olinib, shakar upasi solingan likopchaga belab olinadi.
Aylana shaklchalar berib, yog'langan qog'oz to'shalgan patnislarga terib chiqiladi.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Pishish jarayonida pechenyelar bir oz kattalashadi, ustida yoriqchalar paydo bo'ladi va uyingizni shokoladning xushbo'y iforiga to'ldiradi.
Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang.
Masalliqlar:
1 ta tuxum | |
75 gramm shakar | |
50 gramm qora shokolad | |
10-20 gramm sariyog' | |
100-150 gramm un | |
belab olish uchun shakar upasi |