fbpx
Shokoladli keks

Shokoladli keks

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • glazuri uchun

Yo’nalishlar

Har bir uy bekasining muzlatgichida mavjud bo’lgan, oddiy masalliqlardan tayyorlanadigan xushbo’y shokolad isiga ega juda mazali keks.

Ushbu keks juda oson tayyorlanadi va uzoq vaqt talab etmaydi!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
210 gramm un
280 gramm shakar
250 gramm kefir
1 ta tuxum
5 gramm qabartma (razrixlitel)
15 millilitr o'simlik yog'i
20 gramm kakao kukuni
glazuri uchun
20 gramm kakao kukuni
30 gramm shakar
55 gramm smetana
10 gramm sariyog'
Qadam 1
Tugallandi

Alohida idisha un, shakar kakao va qabartma solib, aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishda kefir, tuxum va o'simlik yog'ini aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Quruq massani suyuq massaga solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

30*20 diametrga ega qolipni sariyog' bilan yog'lab, xamirni quyamiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga yuboramiz. Keks tayyor bo'lganini taxta tayoqchalar yordamida tekshirish mumkin.

Qadam 5
Tugallandi

Glazur tayyorlaymiz:

Sariyog'ga smetana, shakar va kakao solib, o'rtacha olovga qo'yamiz.

Qaynagunicha aralashtirib turib, so'ngra olovdan olamiz va ozroq sovutamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sovugan keksni teng to'rtburchaklarga kesib, ustidan glazur quyamiz va rezavor mevalar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat
  • Portsiya 8
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
210 gramm un
280 gramm shakar
250 gramm kefir
1 ta tuxum
5 gramm qabartma (razrixlitel)
15 millilitr o'simlik yog'i
20 gramm kakao kukuni
glazuri uchun
20 gramm kakao kukuni
30 gramm shakar
55 gramm smetana
10 gramm sariyog'
oldingi
Videoretsept: «Bedana oyoqchalari» somsasi
keyingi
Videoretsept: qumoq xamirdan kurniklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.