Shaftoli va tvorogli xamirdan qilingan pirog

Shaftoli va tvorogli xamirdan qilingan pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Yangi uzilgan shaftolilar va tvorog solib pishiriladigan pirog ajoyib va juda nafis ta’mda bo’lib, tayyorlash jarayonining juda oddiyligi esa ko’pchilikni quvontirishi aniq!

Shuningdek bu pirogga boshqa mevalardan ham solib pishirish mumkin bo’lib, ammo aynan shaftolilar bilan u yanada mazaliroq bo’lib chiqadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 20 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
100 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
3 ta tuxum sarig'i
70 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
250 gramm un
xohishga qarab vanil shakari
Asosiga:
3-4 dona shaftoli
20 gramm makkajo'xori kraxmali
25 gramm shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish shakar
Qadam 1
Tugllandi

Un ustidan shakar, tuz va qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Ustidan margarinni qirg'ichdan chiqarib solamiz va qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tvorog va tuxum sarig'larini solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni yelim xaltaga solib, 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

So'ng tingan xamirni olib, teng ikkiga bo'lamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Bittasini olib, 4-5 mm qalinlikda yoyib olamiz va aylanasi 24-25 sm li qolipga to'shaymiz. Chetlarini esa o'rtasiga nisbatan balandroq qilib chiqamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Xamirni bir nechta joyini sanchiq bilan teshib chiqamiz va ozroq kraxmal (5 gr) sepib chiqamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Xamir ustidan parrak qilib to'g'ralgan shaftolilarni terib chiqamiz. Ustidan kraxmal va shakar sepamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Ikkinchi xamir bo'lagini ham yoyib olamiz va undan uzun lentalar kesib chiqamiz. So'ng shu lentachalarni pirog ustidan panjara ko'rinishida terib chiqamiz.

Qadam 10
Tugllandi

Xamir ustidan tuxum sarig'i va sutni aralashtirib surtib chiqamiz. Ozroq shakar sepamiz.

Qadam 11
Tugllandi

Pirogni 180 C darajada qizigan pechga qo'yib, 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Pishgan pirogni sovutib, so'ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
100 gramm 5-9 % li tvorog
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
3 ta tuxum sarig'i
70 gramm shakar
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim tuz
250 gramm un
xohishga qarab vanil shakari
Asosiga:
3-4 dona shaftoli
20 gramm makkajo'xori kraxmali
25 gramm shakar
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
ustiga sepish shakar
oldingi
Maymunjondan tayyorlangan moxito
keyingi
Olmali mannik

Fikringiz