fbpx
Qo’ziqorinli iliq salat

Qo’ziqorinli iliq salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Qo’ziqorin shinavandalari uchun yana bir yangi retsept. Bugun shampinyondan noodatiy salat tayyorlaymiz.

Bu salatni juda to’yimli bo’lib, kechki ovqatingiz o’rnini bemalol bosa oladi. Bu salatni iliqligida iste’mol qilish ham, sovutgichda bir necha kun saqlab, keyin yesangiz ham bo’ladi.

Masalliqlar:

1 bosh qizil piyoz
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
1 bog' ko'k piyoz
400 gramm shampinyon
100 gramm pomidor cherry
100 gramm pomidor
2 osh qoshiq zaytun moyi
1-2 shoxcha petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq limon sharbati
Qadam 1
Tugllandi

Piyozni yarim halqa shaklida to'g'raymiz. Sarimsoqpiyozni mayda to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugllandi

Qo'ziqorinni to'rtga bo'lamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Ko'k piyozni mayda to'g'raymiz. Oddiy pomidorni sakkizga bo'lamiz, cherryni esa shundayligicha qoldiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tovada yog'ni qizdiramiz va piyozni qovuramiz. So'ng sarimsoqpiyozni solamiz. Ustidan qo'ziqorinlarni solib, 3-5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugllandi

Tovaga pomidor va ko'k piyozni solib, yana 3 daqiqacha qovuramiz.

Qadam 6
Tugllandi

Salatga tuz va murch sepamiz, yaxshilab aralashtirib likopchaga tortamiz. Ustini to'g'ralgan piyoz bilan bezatamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 bosh qizil piyoz
1 ta tishcha sarimsoqpiyoz
1 bog' ko'k piyoz
400 gramm shampinyon
100 gramm pomidor cherry
100 gramm pomidor
2 osh qoshiq zaytun moyi
1-2 shoxcha petrushka
ta'bga qarab tuz va murch
1 osh qoshiq limon sharbati
oldingi
Mikroto’lqinli pechda suli yormasidan bo’tqa pishirish
keyingi
Uyda tayyorlanilgan granolalar

1 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz