fbpx
Rezavor mevali jemga ega shokoladli kapkeyklar

Rezavor mevali jemga ega shokoladli kapkeyklar

Masalliqlar:

  • xamiri uchun

  • kremi uchun

Yo’nalishlar

Rezavor mevali jemga va shokoladli krem-chizga ega bunday kapkeyklar istalgan bayram yoki oilaviy chiy ichishlarni ajoyib va unutilmas qila oladi.

Sokin oqshomlarda butun oilangiz bilan xushbo’y Tudor choyi bilan birga ushbu ajoyib kekslardan bahramand bo’ling.

Asosini o’z ta’bingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin, masalan: qaynatilgan quyultirilgan sut solishingiz yoki kremni shokoladli qilishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi –70 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
180 gramm shakar
200 gramm 20% yog'li smetana
100 millilitr o'simlik yog'i
180 gramm un
50 gramm kakao kukuni
10 gramm qabartma (razrixlitel)
150 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
kremi uchun
150 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq +150 gramm
8 gramm kakao kukuni
150 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
Qadam 1
Tugallandi

Kapkeyklar tayyorlaymiz:

Tuxumni shakar va smetana bilan ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

O'simlik yog'ini qo'shib, aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kakao va un solib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hosil bo'lgan xamirni qolipchalarga quyib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ganash tayyorlaymiz:

Shokoladga qaynoq qaymoqni quyib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra blenderda aralashtiramiz va ustini yopishqoq plyonka bilan yopib, 8 soatga muzlatgichga yuboramiz.

Muhim! Kremni oldindan tayyorlab qo'yish zarur.

Qadam 6
Tugallandi

Tvorogli pishloqni kakao va shakar upasi bilan yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Shokoladli ganashni solib, kremni ko'pirtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kekslardan chuqurchalar kesib olib, ichiga rezavor mevali jemni quyib chiqamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Kapkeyklar ustiga kremni konditer qopchasi yordamida qo'yib chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Retsept homiysi - Tudor Choyi. O'zbekistondagi haqiqiy Seylon choyi!

Instagramdagi rasmiy sahifasi: Tudor

Reklama huquqi asosida

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 12
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
xamiri uchun
2 ta tuxum
180 gramm shakar
200 gramm 20% yog'li smetana
100 millilitr o'simlik yog'i
180 gramm un
50 gramm kakao kukuni
10 gramm qabartma (razrixlitel)
150 gramm rezavor mevalardan tayyorlanilgan jem
kremi uchun
150 gramm qora shokolad
150 gramm 35 %li yog'li qaymoq +150 gramm
8 gramm kakao kukuni
150 gramm tvorogli pishloq
70 gramm shakar upasi
oldingi
Rojdestvo yulduzi pirogi
keyingi
Videoretsept: karamel solib pishirilgan shokoladli chizkeyk

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.