Quyonchasimon bulochkalar

Quyonchasimon bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamirturushli aralashmasiga:

  • Xamiriga:

Yo’nalishlar

Bugun sizlarga quyonchasimon shakldagi bulochkalardan tayyorlashni tavsiya qilamiz. Bunday pishiriqlar bolajonlarga yoqishi aniq.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashmasiga:
2.5 choy qoshiq quruq xamirturush
105 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq un
Xamiriga:
540 gramm un
0.5 choy qoshiq tuz
5 osh qoshiq shakar
10 gramm vanil shakari
80 gramm sariyog'
110 gramm smetana
2 ta tuxum
bitta apelsin po'sti
ustiga surtish uchun tuxum oqi
ustiga sepish uchun shakar
Qadam 1
Tugllandi

Xamir oshishiga asos tayyorlaymiz: Suvga xamirturush, ozroq shakar va bir osh qoshiq un solib aralashtiriladi va 15-20 daqiqaga tindirishga qo'yiladi.
Usti shishib chiqishi kerak.

Qadam 2
Tugllandi

Tog'orachaga tuxumni chaqib solamiz, ustidan shakar, vanil shakari va tuzni solamiz. Venchik yordamida aralashtirib olamiz.

So'ng xona haroratidagi eritilgan sariyog', smetana, qirg'ichdan chiqarilgan apelsin po'stini solamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Kattaroq idishga unni elab olamiz. Ustidan tuxum-smetana aralashma va xamirturushli aralashmani solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamir yumshoq va egiluvchan bo'lgunga qadar un solinadi.
Yaxshilab aralashtiriladi va ikki barobar ko'tarulganiga qadar, taxminan 2 soatga tindirib qo'yiladi.

Qadam 5
Tugllandi

Oshgan xamir teng 15-16 bo'laklarga bo'linadi.

Qadam 6
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagidan dumchasi uchun birparcha olib qo'yamiz. Qolgan kattaroq bo'lagini ovalsimon shaklda yoyib, so'ng uzunchoq, 20-25 sm uzunlikda kolbasasimon shaklga keltiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

So'ng ikkita uchini xuddi soch o'rgandek tugib chiqamiz. Bu quyonchaning badani bo'ladi, o'rtasiga aylana shakldagi kichkina xamirchani qo'yamiz. Bu esa uning dumchasi hisoblanadi.

Qadam 8
Tugllandi

Quyonchalarni pergament qog'oz ustidan terib chiqamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 9
Tugllandi

Pishirishdan oldin bulochkalarga ko'pirtirilgan tuxum oqidan surtib, shakar sepamiz va 180 C darajada qizigan pechda 15-20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamirturushli aralashmasiga:
2.5 choy qoshiq quruq xamirturush
105 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq shakar
1 osh qoshiq un
Xamiriga:
540 gramm un
0.5 choy qoshiq tuz
5 osh qoshiq shakar
10 gramm vanil shakari
80 gramm sariyog'
110 gramm smetana
2 ta tuxum
bitta apelsin po'sti
ustiga surtish uchun tuxum oqi
ustiga sepish uchun shakar
oldingi
Videoretsept: oshirma xamirdan tayyorlangan go’shtli pirog
keyingi
Qaynoq suv qo’shib tayyorlanadigan ideal darajali biskvit

Fikringiz