fbpx
Qaynoq suv qo’shib tayyorlanadigan ideal darajali biskvit

Qaynoq suv qo’shib tayyorlanadigan ideal darajali biskvit

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Agarda siz anchadan beri ko’ngildagidek chiqadigan biskvit retseptini qidirib yurgan bo’lsangiz, unda mana bu sinalgan retseptimiz aynan Siz uchun!

Bunday usulda tuxum oqini sarig’idan ajratish shart bo’lmay, tez va osonroq, shuningdek har safar ham o’xshab chiqadi. Endigina oshxonaga qadam qo’yayotgan qizlarimizga ham bu retsept albatta asqotadi.

Quyidagi masalliqlar aylanasi 20 sm kattalikdagi qolipga mo’ljallangan.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 7 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlar xona haroratida bo'lishi kerak.

Tuxumlarni kattaroq idishga chaqib solamiz va mikserda yaxshilab, oqarguniga qadar ko'pirtirib olamiz. Buning uchun kamida 5 daqiqa ko'pirtirish lozim.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng ko'pirtirishni to'xtatmay shakar va vanil shakarini uch marta solamiz. Bunda har bir solgandan so'ng kamida 1 daqiqadan yaxshilab ko'pirtirish lozim.

Qadam 3
Tugallandi

Shakarni hammasini solib bo'lgandan so'ng mikserda yaxshilab 5 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz. MAssa o'z shaklini yaxshi ushlashi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

Alohida idishga un va qabartmani elab solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashma ustidan unni solamiz va silikon lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz. Bu bosqichda xamir quyuqroq bo'ladi, bundan tashvishlanmang.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng xamirga qaynoq suv va yog'ni quyamiz va tezda aralashtirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni oldindan tayyorlab qo'yilgan qolipga quyamiz(qolipga pergament qog'oz to'shalgan bo'lishi, ammo chetlarini yog'lash shart emas).

Qadam 8
Tugallandi

175 C darajada qizigan pechda biskvitni 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pishgan biskvitni qolipi bilan olib, ag'darib qo'yamiz va ustiga biror bir og'irlik, ikki-uchta piyolalarni qo'yib, 10-15 daqiqa qoldiramiz. Bunday usul biskvit o'tirib qolmasligini ta'minlaydi.

Qadam 10
Tugallandi

15 daqiqadan so'ng biskvitni qolipdan ajratib, oziq-ovqat pelyonkasiga o'raymiz va 6-8 soat, iloji bo'lsa bir kechaga sovutgichga qoldiramiz. Buning uchun biskvit sovishini kutish shart emas. Ana shunda biskvit namroq bo'lib, yanada mazali ta'mda chiqadi, shuningdek uni kesish ham oson kechadi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

4 ta tuxum
180 gramm shakar
170 gramm un
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
3 osh qoshiq qaynoq suv
oldingi
Quyonchasimon bulochkalar
keyingi
Uyda tayyorlanilgan tvorog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.