fbpx
Quruq mevalar solib pishirilgan oshirma pirog

Quruq mevalar solib pishirilgan oshirma pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Bugun sizlar sinalgan va ko’p marotaba o’zimiz tayyorlab ko’rgan quruq mevalar bilan pishiriladigan pirog retseptini taqdim etamiz.

Bunday pirog har qanday dasturxonga ko’rk bag’ishlashi aniq.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 40 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 millilitr sut
8 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
75 gramm sariyog'
0.5 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
Asosiga:
200 gramm olma
100 gramm turshak
100 gramm quritilgan olxo'ri
100 gramm mayiz
50 gramm sariyog'
yarimta apelsin
50 gramm shakar
0.5 choy qoshiq dolchin
50 millilitr qizil vino xohishga qarab
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush, shakar va unning 200 grammini solamiz. Aralashtirib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 25 daqiqa iliq joyda qoldiramiz.

Bu vaqt mobaynida u ikki hissaga ko'tarilishi kerak.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirturushli aralashma tayyor bo'lgandan so'ng, ustidan yumshoq sariyog' va tuxumni solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng qolgan xamirni solib, xamir qorib olamiz.

Xamirni 7-10 daqiqa mushtlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni kattaroq tog'orachaga olib, ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, iliq joyga 1.5-2 soatga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir ko'tarilgunicha asosini tayyorlaymiz:

Quruq mevalar ustidan qaynoq suv quyib, 10-15 daqiqaga qoldiramiz.

So'ng suvini to'kib tashlab, sochiq ustidan terib, biroz quritib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Turshak va quritilgan olxo'rini mayiz kattaligida to'g'rab olamiz.

Olmalarni archib, 3-4 mm kattalikda to'g'rab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tovaga sariyog'ni eritib olamiz. Quruq mevalarva olmalarni ham solamiz. Apelsin po'stini qirg'ichdan chiqarib solamiz, sharbatini ham siqib solamiz. Aralashtiramiz va shakar sepamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Olma yumshaguniga qadar qovuramiz. So'ng vinoni quyib, u butkul bug'lanib ketguniga qadar qizdiramiz.

Vino qo'shmasa ham bo'ladi, ammo qo'shilganda ta'mi yanada mazaliroq chiqadi.

Gazni o'chirib, aralashmani sovutib olamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xamirni teng ikkiga bo'lamiz. Birinchisini 3 mm qalinlikda yoyib, pergament qog'oz ustiga to'shaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Chetlaridan 1.5 sm dan joy qoldirib, asosini solamiz.

Chetki bo'sh xamirlarni tepaga qaratib buklab chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qolgan xamirni yana teng ikkiga bo'lamiz. Bittasi sal kattaroq bo'lsin. Uni yoyib, pirog ustini yopamiz.

Chetlarini yaxshilab yopishtirib chiqamiz.

Pirogni pergamnet qog'ozga teskarisiga ag'darib olamiz. Qolgan xamir bo'lagi bilan esa pirogni bezatamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Pirogni xona haroratida 30 daqiqa qoldiramiz. So'ng ustidan tuxum sarig'i surtib, 175 C darajada qizigan pechda 35-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
250 millilitr sut
8 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq shakar
75 gramm sariyog'
0.5 choy qoshiq tuz
1 dona tuxum
Asosiga:
200 gramm olma
100 gramm turshak
100 gramm quritilgan olxo'ri
100 gramm mayiz
50 gramm sariyog'
yarimta apelsin
50 gramm shakar
0.5 choy qoshiq dolchin
50 millilitr qizil vino xohishga qarab
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
«Plombir» kremi
keyingi
Tovuq va brokkoli bilan pishirilgan pasta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.