Qozonda pishirilgan qiyma-kabob
Masalliqlar:
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 bo'lak oq non
-
300 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
200 gramm piyoz
-
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
600 gramm kartoshka
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
ta'bga ko'ra zira va kashnich
-
100 millilitr o'simlik yog'i
-
100 millilitr suv
Yo’nalishlar
Qiyma-kabob – bu sharqona oshxonada taniqli taom hisoblanadi, u odatda mangalda pishiriladi biz esa uni qanday qilib qozonda qilishni sizga ko’rsatib beramiz.
U tez va oson tayyorlanadi va siz uni bemalol eng aziz mehmonlarga tortiq qilishingiz mumkin bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 47 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 bo'lak oq non | |
300 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
200 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
600 gramm kartoshka | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
100 millilitr suv |
Birinchi bo'lib, non bo'laklarini suvga 5 daqiqaga bo'ktirib qo'yamiz.
Idishga qiyma, qirg'ichdan o'tkazilgan yoki mayda to'g'ralgan piyoz va sarimsoqpiyoz va tuxum solib, ziravorlar sepamiz.
Oxirida yumshagan non bo'laklarini ham solamiz. Nonlarni solishdan avval yaxshilab suvini siqib olish kerak.
Qiyma bir xil va ozroq yopishqoq bo'lishi uchun uni yaxshilab aralashtirib, savalaymiz.
Tayyor qiymani taxta tayoqchalarga tahminan 50-60 grammdan yopishtirib chiqamiz. Kaboblarni 15-20 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.
Qozonda yog'ni qizdirib, kaboblarni qizartirib qovurib olamiz. So'ngra kaboblarni ortiqcha yog'i ketishi uchun qog'oz sochiqqa qo'yib chiqamiz.
Kartoshkani po'stidan artib, katta bo'laklarga bo'lamiz va kaboblar qovurilgan qozonda qovuramiz.
Tuz va zira sepib aralashtiramiz.
Masalliqlar:
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 bo'lak oq non | |
300 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
200 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
600 gramm kartoshka | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
ta'bga ko'ra zira va kashnich | |
100 millilitr o'simlik yog'i | |
100 millilitr suv |