Vetchina va qo’ziqorinli pasta

Vetchina va qo’ziqorinli pasta

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Vetchina va qo’ziqorinlar bilan tayyorlaniladigan juda tezpishar va mazali pastadan tayyorlab ko’rishni tavsiya qilamiz. 

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

250 gramm spagetti yoki boshqacha pasta
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
250 gramm shampinyon
1/3 choy qoshiq quritilgan rayhon
200 millilitr qaymoq
150 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun zaytun moyi
Qadam 1
Tugllandi

Pastani qadog'ida ko'rsatlgandek vaqtda qaynatib olamiz. To'rli suzgichdan o'tkazamiz. Pastani qaynatgan suvdan bir stakanini olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Vetchinani kattaroq to'rtburchak shaklda tog'raymiz.

Shampinyonlarni esa yuvib, parrak-parrak qilib to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugllandi

Tovaga zaytun yog'in i solib qizdiramiz va vetchinani solib, qizarguncha taxminan 5 daqiqa qovurib olamiz. Qovurilgan vetchinani boshqa idishga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Shu tovaga yana ozroq yog' solib, qo'ziqorinlarni qovurib olamiz.

Ular to'q'roq rangga kirgandan so'ng, tuz murch va quritilgan rayhonni sepamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Vetchinani qo'ziqorinlar ustidan solib, yana ikki daqiqacha birga qovuramiz.

Qaymoqni quyib, olovni pasaytiramiz va biroz quyulgunga qadar pishiramiz. Gazdan olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Qaynatilgan pastani qaylaga solamiz va aralashtirib olamiz. Agar taom juda quyuq bo'lib chiqsa, unda olib qo'ygan suvdan keraklicha quyamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Pastani issiqligida ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

250 gramm spagetti yoki boshqacha pasta
400 gramm mol go'shtidan vetchina yoki dudlangan go'sht
250 gramm shampinyon
1/3 choy qoshiq quritilgan rayhon
200 millilitr qaymoq
150 gramm parmezan pishlog'i
ta'bga qarab tuz va murch
qovurish uchun zaytun moyi
oldingi
Shokoladli xamirda pishirilgan tvorogli pirog
keyingi
Oddiy ozdiruvchi salat

3 Sharhlar Hide Comments

Fikringiz