Qovoqli sinnabon
Masalliqlar:
-
375 millilitr sut
-
125 millilitr o'simlik yog'i
-
80-100 gramm shakar
-
6 gramm quruq xamirturush
-
250 gramm qovoq pyuresiqovoqni pishirib blendorda pyure shakliga keltirib oling
-
800 gramm un
-
1 osh qoshiq quyuq asal
-
0,5 choy qoshiq tuz
-
asosiga
-
100 gramm sariyog'
-
150 gramm shakar
-
3 osh qoshiq dolchin
-
qaylasiga
-
150 gramm tvorogli pishloq
-
100 gramm shakar upasi
-
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog'
-
1 osh qoshiq limon sharbati
Yo’nalishlar
Uyda qovoq bo’lsa, unda siz bu bulochkalarni tayyorlab ko’rishingiz shart. Bulochkalar gaz pechidan nozik, yumshoq va hatto quyosh kabi yorqin bo’lib chiqadi.
Sinnabon butun dunyoda taniqli bulochka va bunday ajoyib pishiriqqa befarq bo’lgan odamlarni topish oson bo’lmaydi. Biz esa sizga ularni qanday qilib yanada mazaliroq qilib tayyorlashni ko’rsatamiz.
Tayyor taomning taxminiy qiymati – 40 000 so’m.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
375 millilitr sut | |
125 millilitr o'simlik yog'i | |
80-100 gramm shakar | |
6 gramm quruq xamirturush | |
250 gramm qovoq pyuresi | |
800 gramm un | |
1 osh qoshiq quyuq asal | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
100 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
3 osh qoshiq dolchin | |
qaylasiga |
|
150 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
1 osh qoshiq limon sharbati |
Qovoqni tozalab bo'laklarga bo'lamiz. Folgaga o'rab, 180-200 C darajada oldindan qizdirilgan pechga 45-60 daqiqaga yuboramiz.
Yumshagan qovoqni blender bilan pyure holatiga keltiramiz.
Xamirturush, tuz, 1 osh qoshiq shakar va 3-4 osh qoshiq unni sutda eritib oling. 15-20 daqiqa davomida issiq joyga qo'ying.
Idishda xamir, o'simlik yog'i, qolgan shakar, asal va qovoq pyuresini aralashtiramiz, un qo'shamiz va xamir qoramiz.
Tayyor xamirni sovutgichga kamida 3 soatga yoki butun kechaga qo'yamiz.
Xamirni muzlatgichdan olamiz va uni 2 qismga bo'lamiz.
Har bir qismni 0,3-0,4 santimetr qalinlikda to'rtburchak shaklida yoyib chiqamiz.
Yumshatilgan sariyog ' bilan yog'lab, ustidan dolchin va shakar aralashmasini sepib chiqamiz va rulet shaklida qattiq qilib o'raymiz.
Ruletni 3-4 santimetr qalinligida bo'laklarga kesib olamiz va ularni bir-biridan 2 santimetr masofada joylashtiramiz. 20-30 daqiqaga qoldiramiz.
Keyin 175- 180 C darajada oldindan qizdirilgan pechga 30-35 daqiqaga sarg'aygunga qadar yuboramiz. Muhim! Pishirish vaqti pechga qarab farq qilishi mumkin.
Qayla tayyorlash
Mikserda sariyog' bilan tvorogli pishloqni aralashtirib, shakar upasi va limon sharbati qo'shamiz, 1-2 daqiqa aralashtiramiz.
Masalliqlar:
375 millilitr sut | |
125 millilitr o'simlik yog'i | |
80-100 gramm shakar | |
6 gramm quruq xamirturush | |
250 gramm qovoq pyuresi | |
800 gramm un | |
1 osh qoshiq quyuq asal | |
0,5 choy qoshiq tuz | |
asosiga |
|
100 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
3 osh qoshiq dolchin | |
qaylasiga |
|
150 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm shakar upasi | |
2 osh qoshiq yumshatilgan sariyog' | |
1 osh qoshiq limon sharbati |