«Qorong’u o’rmon» torti

«Qorong’u o’rmon» torti

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga

  • Kremiga

  • Olchali asosiga

Yo’nalishlar

«Shvartsval’d» – ajoyib ta’mga ega, vatani Germaniya hisoblangan bu tort olchalardan tayyorlanib, shirinlikni xush ko’rmaydigan insonlarni ham ko’nglidan joy egallaydi.

Bu tortni tayyorlashning juda ko’p usullari bo’lib, lekin asos o’zgarmasdir – shokoladli biskvitlar, olchа va ko’pirtirilgan qaymoq uyg’unligidagi krem. Bizning usulda tayyorlashda sariyog’ ishlatilmasligi uchun ham xamiri yumshoq va yengilroq chiqadi.

Masalliqlar:

Xamiriga
6 ta tuxum
180 gramm shakar shakar
50 garamm kakao
130 gramm un
Kremiga
200 millilitr yog'li qaymoq
4 osh qoshiq shakar upasi
300 gramm tvorogli pishloq
Olchali asosiga
250 gramm danagidan tozalangan olcha
1 osh qoshiq limon sharbati
50 millilitr olcha sharbati
50 gramm shakar
1 choy qoshiq kraxmal
Qadam 1
Tugllandi

Tuxum bilan shakar oppoq rangga kirguncha yaxshilab ko'pirtiriladi. Un va kakao elab solinadi. Silliq holatga kirguncha qoshiqda ehtiyotkorlik bilan yaxshilab atralashtiriladi. Oldindan tayyorlab qo'yilgan qoliplarga solinadi. Bizda aylanasi 15 sm li qolipdan 3ta, Agar xohlasangiz bitta 22 sm li qolipdan foydalaning. 160 C darajada qizdirilgan duxovkada pishgunicha pishirib olinadi.

Qadam 2
Tugllandi

Olchali asos

Kraxmaldan tashqari barcha masalliqlar tovaga solinadi. Qizdirilib, qaynash darajasiga yetkaziladi.
Kraxmal 1-2 qoshiq suvga yoki olcha sharbatiga qo'shib aralashtiriladi va tovadagi aralashmaga solinadi. Massa quyuqlashishni boshlagan zahoti gazdan olinadi va sovutiladi.

Qadam 3
Tugllandi

Krem

Tvorogli pishloq qo'shiladi va bir xil holatga kelgunicha aralashtiriladi.
Qaymoqli pishloqlarning turi juda ko'p. Qaysi biri do'konlarda mavjud bo'lsa, o'shandan olaverasiz.

Qadam 4
Tugllandi

Tortni yig'ish

Agar biskvitni katta qolipda pishirgan bo'lsangiz, uni o'rtasidan teng ikkiga bo'ling. Bizda uchta kichkina. Har bir pishgan xamirga qiyom sepib chiqiladi. Krem surtilib chiqiladi. Krem ustidan olchali asos surtiladi.

Tortning usti olchalar va shokolad qirindisi bilan bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!

Yangi yil dasturxoningizda mazali retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga
6 ta tuxum
180 gramm shakar shakar
50 garamm kakao
130 gramm un
Kremiga
200 millilitr yog'li qaymoq
4 osh qoshiq shakar upasi
300 gramm tvorogli pishloq
Olchali asosiga
250 gramm danagidan tozalangan olcha
1 osh qoshiq limon sharbati
50 millilitr olcha sharbati
50 gramm shakar
1 choy qoshiq kraxmal
oldingi
Videoretsept: «sarimsoqpiyoz 40 ta tishchalari»dan pishirilgan tovuq
keyingi
«Seld balig’idan shuba» verrinlari

Fikringiz