fbpx
«Qizil baxmal» vaflilari

«Qizil baxmal» vaflilari

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

«Qizil baxmal» nomli vaflilarning ichi yumshoq, usti esa qarsildoq bo’lib, ulardan shokolad ta’mi kelib turadi.

Agarda ularni muzqaymoq bo’lakchasi yoki qaymoq bilan birga iste’mol qilinsa bormi, ajoyib lazzatni kasb etadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

280 gramm un
20 gramm kakao
200 gramm shakar
5 gramm qabartma
300 millilitr sut
125 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
125 gramm sariyog'
2 ta tuxum
1-2 tomchi qizil rangli bo'yoq
Qadam 1
Tugallandi

Quruq masalliqlarni aralashtirib olamiz: un, kakao, qabartma va shakar.

Qadam 2
Tugallandi

Boshqa idishga esa sut, kefir va ikkita tuxum sarig'ini solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog'ni eritib, sovutamiz. So'ng suyuq aralashma ustidan quyamiz. Aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suyuq va quruq massalarni birlashtiramiz, qizil rangli bo'yoqdan tomizib, silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtirib olamiz va xamirga solib, ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Vafli pishirgichni qizdirib, o'simlik yog'i surtib chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirdan quyib, vaflilar pishirib olamiz.

Issiqligida muzqaymoq yoki shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

280 gramm un
20 gramm kakao
200 gramm shakar
5 gramm qabartma
300 millilitr sut
125 millilitr kefir yoki shakarsiz yogurt
125 gramm sariyog'
2 ta tuxum
1-2 tomchi qizil rangli bo'yoq
oldingi
Brokkoli va pishloq solib pishirilgan tovuqli taom
keyingi
Videoretsept: Mayonezda qorilgan pishloqli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.