fbpx
Qaynatma sho’rva

Qaynatma sho’rva

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda barcha qoidalarga rioya qilgan holda juda mazali qaynatma sho’rva tayyorlashni maslahat beramiz. Ushbu sho’rva qo’y go’shti, sersuv sabzavotlar va xushbo’y ziravorlardan tashkil topgan.

Bunday sho’rva qovurilmay tayyorlanadi, ammo bu sho’rva ta’mini buzmaydi, aksincha, unga o’zgacha maza taqdim etadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 80 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm qo'y qovurg'alari
400 gramm mol go'shti lahm
100 gamm dumba
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
300 gramm kartoshka
200 gramm sabzi
200 gramm piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm pomidor
1 bog' kashnich
3 ta lavr yaprog'i
0,5 choy qoshiq zira
0,5 choy qoshiq kashnich urug'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
4-5 litr muzdek suv
Qadam 1
Tugallandi

Qozonga mol va qo'y go'shtlarini solib, ustidan suv quyamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baland olovga qo'yib, qaynab chiqqanidan so'ng olovini pasaytiramiz. Ustida hosil bo'lgan ko'piklarini suzib olamiz.

O'rtacha olovda sho'rva shaffof tusda bo'lishi uchun ustidagi ko'piklarini olib turgan holda, 60-90 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Dumbani mayda to'rtburchak shaklida to'g'rab, sho'rvaga solamiz. So'ngra lavr yaprog'i va ziravorlarni solamiz (zira, kashnich, tuz va murch).

Qadam 4
Tugallandi

Po'stidan tozalangan sabzavotlarni katta bo'laklarga bo'lamiz yoki butunligicha qoldiramiz. Sho'rvaga sabzi, piyoz (4 ga bo'lingan) sarimsoqpiyozni solamiz.

Kartoshkani butunligicha solamiz.

Maslahat: katta bo'lmagan hajmdagi kartoshkadan foydalaning.

Qadam 5
Tugallandi

Pomidorlarni 4 ga bo'lib, sho'rvaga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sariq va yashil rangli bulg'or qalampirlarini o'rtacha bo'laklarga bo'lamiz. Qizilini qirg'ichdan o'tkazamiz (rang uchun) va sho'rvaga solamiz.

Qaynab chiqqanidan so'ng o'rtacha olovda kartoshka pishgunicha tahminan 30 daqiqa qaynatamiz.

Ta'tib ko'rib, kerak bo'lsa tuz soling.

Qadam 7
Tugallandi

Sho'rva tayyor bo'lganidan so'ng, uni dasturxonga tortish uchun tayyorlaymiz. Sho'rvadan sabzavot va mol go'shtini olib, bo'laklarga bo'lamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kosalarga sabzavotlar, go'sht va 1 tadan qovurg'a qo'yib, sho'rvasidan quyamiz. Ko'katlar bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Serves 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Adjust Servings:
500 gramm qo'y qovurg'alari
400 gramm mol go'shti lahm
100 gamm dumba
300 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
300 gramm kartoshka
200 gramm sabzi
200 gramm piyoz
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
200 gramm pomidor
1 bog' kashnich
3 ta lavr yaprog'i
0,5 choy qoshiq zira
0,5 choy qoshiq kashnich urug'i
ta'bga ko'ra tuz va murch
4-5 litr muzdek suv
oldingi
«Oreo» pechenyesiga ega brauni
keyingi
Gordon Ramzidan olmali tart
Close
Login

Fikr qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.

*
*