fbpx
Qaynatma krem solib pishirilgan qulupnayli tart

Qaynatma krem solib pishirilgan qulupnayli tart

Masalliqlar:

  • Korjiga:

  • Kremiga:

Yo’nalishlar

Qaynatma krem solip pishiriladigan qulupnayli tart qanday tayyorlanilishini bilmasangiz, unda mana bu retseptimizga ahamiyat qarating.
Tez va oson tayyorlaniladigan bunday tartga shirinlikxo’rlar munosib baho berishlari aniq!

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Korjiga:
250 gramm un
125 gramm muzdek sariyog' yoki margarin
2 osh qoshiq sut
50 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
Kremiga:
250 millilitr sut
20 millilitr qaymoq 45 % li
75 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
30 gramm makkajo'xori kraxmali
200 gramm qulupnay bezatish uchun
Qadam 1
Tugallandi

Korjiga:

Tog'orachaga un bilan shakar upasini elab solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Sariyog'ni un ustidan qirg'ichdan chiqarib solamiz. Un bilan birgalikda qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Ozroq tuz sepib, tuxumni ham chaqib solamiz. Sutni quyib, xamir qoramiz va xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Aylanasi 22-24 sm kattalikda qolip olib, sariyog' surtib chiqamiz. Pechni esa 180 C haroratga yoqib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni sovutgichdan olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyib olamiz.

So'ng xamirni qolipga olamiz. Ustidan pergament qog'oz to'shab, "yuk" sifatida loviya yoki no'xat solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ustidagi og'irlik bilan 10 daqiqa pishiramiz, so'ng qog'oz bilan donlarni olib, korjni ozini yana 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremiga:

Qozonchaga sut va qaymoqni solamiz, past olovga qo'yib, 5 daqiqa davomida qaynatib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Alohida idishga tuxum, kraxmal, shakar va vanil shakarini solamiz. Mikserda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Ko'pirtirishni to'xtatmay, ustidan sutli aralashmani quyamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Hammasini yana qozonchaga quyib, gazga qo'yamiz va 2 daqiqa davomida, ya'ni quyulguniga qadar qaynatib pishiramiz.

Gazdan olib, sovutamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Kremni korj ustidan quyib, ustini qulupnay bilan bezatamiz va sovutgichga 1-2 soatga olib qo'yamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Korjiga:
250 gramm un
125 gramm muzdek sariyog' yoki margarin
2 osh qoshiq sut
50 gramm shakar upasi
1 dona tuxum
Kremiga:
250 millilitr sut
20 millilitr qaymoq 45 % li
75 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
30 gramm makkajo'xori kraxmali
200 gramm qulupnay bezatish uchun
oldingi
Videoretsept: yong’oq va mayizli rulet
keyingi
Xitoycha qovurilgan guruch va tovuqli taom

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.