Videoretsept: yong’oq va mayizli rulet

Videoretsept: yong’oq va mayizli rulet

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Kutilmagan mehmon kirib kelsa tey tayyorlaniladigan yeguliklardan qaysi birini tayyorlashni ko’pincha bilmay qolamiz. Mana bunday rult esa ana shunday vaziyatlarda ko’maklashadi.

Bunday ishiriq uchun qumoq xamirni tezda qorib olamiz, yelim xaltaga solib, sovutgichga olibqo’yamiz. Quruq mevalardan esa ta’bimizga manzur keladiganidan solish mumkin – har qanday usulda ham baribir rulet juda mazali ta’mda chiqadi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
200 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 dona tuxum sarig'i
200 gramm smetana
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
150 gramm yong'oq
100 gramm shakarlangan mevalar yoki oq mayiz
250 gramm quyuq murabbo yoki jem
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga yumshagan sariyog' va tuxum sarig'ini solib, mikser yordamida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Smetana, vanil shakari va tuzni solamiz, silliq bo'lguniga qadar aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Un bilan qabartmani elab olamiz va oz-ozdan solamiz. Aralashtirib xamir qorib olamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni teng uch qismga bo'lib, oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, 1-2 soatga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Har bir xamir bo'lagini to'rtburchak shaklda yoyib olamiz, jem yoki murabbodan surtib, yong'oq va mayiz sepamiz. So'ng xuddi ruletdek o'rab chiqamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Chokini pastga qilib teramiz va ustiga tuxum sarig'i bilan sutni aralashtirib, ustidan surtamiz.

Qadam 7
Tugllandi

180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Sovutib, bo'lakalrga bo'lib chiqamiz. Xohishga qarab, ustidan shakar upasi sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
350 gramm un
2 choy qoshiq qabartma
0.5 choy qoshiq tuz
200 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
1 dona tuxum sarig'i
200 gramm smetana
1 choy qoshiq vanil shakari
Asosiga:
150 gramm yong'oq
100 gramm shakarlangan mevalar yoki oq mayiz
250 gramm quyuq murabbo yoki jem
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+sut
oldingi
Osiyocha “Fattush” salati
keyingi
Qaynatma krem solib pishirilgan qulupnayli tart

Fikringiz