Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari
Masalliqlar:
-
4 ta tovuq oyoqchalariyoki soni
-
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri
-
2 ta o'rtacha qizil piyoz
-
1-2 dona tayyor makkajo'xori
-
2-3 dona pomidorcherry pomidori ham bo'ladi
-
1 osh qoshiq asal
-
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Pergament qog’ozida pishirilgan taomlar, parda pishganday suvli va foydali bo’ladi. Siz ushbu taomga 15 daqiqa vaqtingiz va mehnatingizni ketkazsangiz bas, qolganini gaz pechi bajaradi.
Bunday usulda pishirilgan tovuq go’shti og’izda eriydigan bo’lib pishadi, yaqinlaringiz esa taomni yana pishirishingizni so’rashadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
4 ta tovuq oyoqchalari | |
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri | |
2 ta o'rtacha qizil piyoz | |
1-2 dona tayyor makkajo'xori | |
2-3 dona pomidor | |
1 osh qoshiq asal | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz. Tovuq oyoqchalarini quritib, ikki taraflama 3-4 daqiqadan o'rtacha olovda qovurib olamiz.
Asal solib, yana ikki taraflama 2-3 daqiqa qovuramiz, tuz, murch va paprika sepamiz. So'ngra tovuq oyoqchalarini chetga olib qo'yamiz.
Sabzavotlarni mayda, makkajo'xorini katta bo'laklarga bo'lamiz.
Barcha sabzavotlar va sarimsoqpiyozni bitta idishga solib, ularga tuz, murch va paprika sepamiz. Ustidan 1 osh qoshiq o'simlik yog'ini quyamiz.
Yaxshilab aralashtirib, gril tovasida (oddiy tovada qovursa ham bo'ladi)ikki taraflama 3-4 daqiqa qovurib olamiz.
Pergament qog'ozidan 4 ta to'rtburchak shakl kesib olamiz. Har bitta to'rtburchakning o'rtasiga sabzavotlarni qo'yib, ustidan esa qovurilgan tovuq go'shtini qo'yamiz.
Qog'oz chetlarini yig'ib,ip bilan bog'laymiz. Bog'laganda qattiq siqmang, aks holda u taomdan ortiqcha bug' chiqishiga to'sqinlik qiladi.
Masalliqlar:
4 ta tovuq oyoqchalari | |
1 tadan har xil rangli bulg'or qalampiri | |
2 ta o'rtacha qizil piyoz | |
1-2 dona tayyor makkajo'xori | |
2-3 dona pomidor | |
1 osh qoshiq asal | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq quritilgan qalampir (paprika) | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |