fbpx
Osiyocha uslubda tayyorlangan salat

Osiyocha uslubda tayyorlangan salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Juda mazali, bir vaqtning o’zida ham yengil, ham to’yimli bo’lmish bu salat Osiyo oshxonasiga mansub bo’lib, bemalol kechki ovqat o’rnini bosa oladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 50 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
250 gramm bulg'or qalampiri
150 gramm bodring
100 gramm pomidor cherry
100 gramm pekin karami
50 gramm petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
2 choy qoshiq kunjut
Aralashmasiga:
2 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq balzamli sirka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
Qadam 1
Tugallandi

Mol go'shtini qaynatib olamiz, sovutib, somoncha shaklida to'g'rab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bulg'or qalampiri va bodringni ham somoncha shaklda to'g'raymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pomidorchalarni to'rtga bo'lib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Pekin karamini yuvib quritamiz, qattiq joyini ajratib olib, yupqa somoncha shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aralashmasiga soya qaylasi, balzamli sirka, o'simlik yog'i, shakar va tuzni solamiz. Aralashtiramiz, ta'bga qarab achchiq qalampir solsak ham bo'ladi.

Qadam 6
Tugallandi

Idishga to'g'ralgan sabzavotlar va go'shtni solamiz, aralashmani quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz. ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng to'g'ralgan karam va ko'katlarni soli aralashtiramiz, ustidan kunjut sepib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

500 gramm mol go'shti
250 gramm bulg'or qalampiri
150 gramm bodring
100 gramm pomidor cherry
100 gramm pekin karami
50 gramm petrushka yoki kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
2 choy qoshiq kunjut
Aralashmasiga:
2 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq balzamli sirka
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
0.5 choy qoshiq tuz
0.5 choy qoshiq shakar
oldingi
Videoretsept: nonushtabop galetalar
keyingi
Kefir solib pishirilgan mayizli «mannik»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.