Olchali shtrudel
Masalliqlar:
-
1 stakan olcha
-
150 gramm shakar
-
250 gramm tayyor qatlama xamir
-
0,5 stakan yong'oq
-
1 osh qoshiq maydalangan suxari
-
0,5 osh qoshiq dolchin
-
1 osh qoshiq shakar upasi
Yo’nalishlar
Olchali shtrudel – juda mazali desert bo’lib, ingichka xamir, olchaning nordon ta’mi va shakar upasining shirinligi – ushbu pishiriqni oilaviy choy ichishlar uchun juda mos qiladi.
Qolaversa, bunday shtrudelni hali illiqligida muzqaymoq bilan tortsa ham bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
1 stakan olcha | |
150 gramm shakar | |
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
0,5 stakan yong'oq | |
1 osh qoshiq maydalangan suxari | |
0,5 osh qoshiq dolchin | |
1 osh qoshiq shakar upasi |
Olchani yuvib, danagidan ajratamiz. Idishga solib, shakar solamiz va o'rtacha olovda qaynagunicha qaynatamiz. Sovutib, dolchin solamiz.
Xamirni 4 mm qalinlikda yoyib, ustiga maydalangan suxari sepamiz.
Yong'oqni maydalaymiz va uni ham xamir ustiga sepamiz.
Olchani ortiqcha suvidan siqib, xamir ustiga qo'yib chiqamiz.
Xamirni rulet shaklida o'rab, Gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20-25 daqiqa usti qizarib, qarsildoq holga kelgunicha pishiramiz.
Masalliqlar:
1 stakan olcha | |
150 gramm shakar | |
250 gramm tayyor qatlama xamir | |
0,5 stakan yong'oq | |
1 osh qoshiq maydalangan suxari | |
0,5 osh qoshiq dolchin | |
1 osh qoshiq shakar upasi |