Videoretsept: yong’oq va dolchinli roll

Videoretsept: yong’oq va dolchinli roll

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Dolchin va yong’oq isiga to’yinib pishadigan bulochkalar kimga ham yoqmaydi? Ayniqsa, bu katta bir roll ko’rinishida bo’lsa, hech kimni befarq qoldirmasligi aniq!

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
450 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
0.5 choy qoshiq tuz
40 gramm eritilgan sariyog'
120 millilitr sut
1 dona tuxum
Asosiga:
60 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm tozalangan yong'oq
50 gramm shakar
1 osh qoshiq maydalangan dolchin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+suv
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga un, xamirturush, shakar, tuz, sut, eritilgan sariyog' va tuxumni solamiz, yumshoqina xamir qorib olamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Xamir ustini sochiq bilan yopib, 20-30 daqiqa iliq joyda qoldiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Yong'oqni blenderda yoki pichoq yordamida maydalab olamiz va shakar bilan aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugllandi

Xamirni 25-30 sm kattalikda yoyib olamiz. Yumshagan sariyog'ni surtib, ustidan yong'oqli aralashmani sepamiz. O'qlovni bir marta xamir ustidan yurgizib chiqsak, ular xamirga yopishib, to'kilib ketmaydi.

Qadam 5
Tugllandi

Yoyilgan xamirni 6 ta teng uzun lentalarga kesib chiqamiz. Bittasini olib, ruletsimon shaklda o'raymiz.

Qadam 6
Tugllandi

Ruletsimon shakldagi xamirni aylanasi 24 sm li qolipning o'rtasiga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugllandi

Qolgan xamir bo'laklarini ham qolipdagi ruletsimon xamir ustidan o'rab chiqamiz. 20 daqiqa ko'tarilishi uchun qoldiramiz.

Qadam 8
Tugllandi

Ustidan tuxum sarig'i surtib, 180 C darajada qizigan pechdan 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
450 gramm un
1 osh qoshiq quruq xamirturush
50 gramm shakar
1 choy qoshiq vanil shakari
0.5 choy qoshiq tuz
40 gramm eritilgan sariyog'
120 millilitr sut
1 dona tuxum
Asosiga:
60 gramm yumshatilgan sariyog'
100 gramm tozalangan yong'oq
50 gramm shakar
1 osh qoshiq maydalangan dolchin
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i+suv
oldingi
Falafel’ (no’xatli koptokchalar)
keyingi
Qaymoq-qo’ziqorinli qaylada pishirilgan tovuq sonlari

Fikringiz