fbpx
Olchali keks

Olchali keks

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Keks – kutilmagan mehmonlar kelib qolganda – ajoyib yechim bo’la oladi. Mayin va shirin xamir nordon olcha bilan qo’shilganda, ajoyib ta’m hosil qiladi.

Aytgancha, keksga nafaqat yangi uzilgan olcha, balki muzlatilgan danaksiz olcha ham to’g’ri keladi. Ta’bga ko’ra tayyor keksga shakar upasi sepishingiz yoki bezatishingiz mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
270 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog' yoki margarin
170 gramm shakar
3 ta tuxum
80 millilitr sut
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm danagidan tozalangan olcha
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishda sariyog', shakar va vanil shakarini mikser yordamida aralashtiramiz. Massa bir xil bo'lganidan so'ng 1 tadan tuxum solib, yaxshilab ko'pirtirishda davom etamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xona haroratidagi sutni solib, ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Unni qabartma bilan aralashtirib, qolgan mahsulotlarga qo'shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qolipni yog'lab, un sepamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni qolipga oz-ozdan, olcha bilan ketma-ketlikda quyamiz.

Olchani xamirga aralashtirib yuborsa ham bo'ladi, u holda meva suvlanib, keks pishmasdan oldin qizarishni boshlaydi.

Qadam 6
Tugallandi

Keksni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 40-45 daqiqaga yuboramiz.

Tayyor bo'lganidan so'ng 5 daqiqa qolipda qoldiramiz, undan keyin keksni qolipdan olishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
270 gramm un
150 gramm yumshatilgan sariyog' yoki margarin
170 gramm shakar
3 ta tuxum
80 millilitr sut
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm danagidan tozalangan olcha
oldingi
Videoretsept: smetanadan tayyorlangan «Zebra» keksi
keyingi
Olchali shtrudel

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.