fbpx
  • Asosiy
  • Pishiriqlar
  • Nyu Yorkdagi Levain Bakery non mahsulotlari do’konidagidek pechenye
Nyu Yorkdagi Levain Bakery non mahsulotlari do’konidagidek pechenye

Nyu Yorkdagi Levain Bakery non mahsulotlari do’konidagidek pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shokolad va yong’oqli pechenye – eng mashxur pechenyelardan biridir. Ushbu pechenyelarni tayyorlash ko’p vaqtni talab qilmaydi, ammo u oila a’zolaringizni xursand qiladi.

Nozik, yumshoq pechenye illiq sutga ham ajoyib qo’shimcha bo’la oladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 28 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm yumshatilgan sariyog'
75 gramm shakar
1 ta tuxum
250 gramm un
20 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
60 gramm yong'oq
100 gramm sutli shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Chuqur idishga yumshatilgan sariyog' va shakar solib, lopata yordamida yaxshilab aralashtiramiz. Tuxum solib, aralashtirishda davom etamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishda quruq masalliqlarni aralashtiramiz (un, kraxmal, qabartma, soda, vanil shakari va tuz).

Qadam 3
Tugallandi

Quruq massani yarimini yog'li massga solib, yaxshilab aralashtiramiz. So'ngra qolganini ham solamiz. To'yingan xamir hosil bo'lishi kerak.

Qadam 4
Tugallandi

So'ngra xamirga katta qilib to'g'ralgan yong'oq va shokolad bo'laklarini solib, aralashtiramiz. Hosil bo'lgan xamirni 15 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sovugan xamirni 50 gramm keladigan bo'laklarga bo'lib, dumaloqlaymiz. Pechenyelarni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga bir-birida 5 smdan kichik bo'lmagan masofada joylashtiramiz. 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20-25 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 45 daqiqa
  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
125 gramm yumshatilgan sariyog'
75 gramm shakar
1 ta tuxum
250 gramm un
20 gramm makkajo'xori kraxmali
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq iste'mol sodasi
1 choy qoshiq vanil shakari
bir chimdim tuz
60 gramm yong'oq
100 gramm sutli shokolad
oldingi
Turkcha laxmadjun
keyingi
Videoretsept: jemli pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.