• Asosiy
  • Xuddi qo’ziqorindek baqlajonlar
Xuddi qo’ziqorindek baqlajonlar

Xuddi qo’ziqorindek baqlajonlar

Masalliqlar:

  • Marinadiga:

Yo’nalishlar

Baqlajondan tayyorlaniladigan salatlar va gazaklar juda sevimli bo’lib, ularni tayyorlash ham umuman qiyinchilik tug’dirmaydi. Qo’ziqorin ta’mli baqlajonlar yoz faslidagi eng sevimli yeguligiga aylangan.Bu baqlajonlarni tayyorlashda ko’p vaqt ham, mablag’ ham sarf qilinmaydi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

2 kilo baqlajon
6-7 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
200 millilitr o'simlik yog'i
Marinadiga:
2 litr suv
2 osh qoshiq tuz
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq 70% sirka
8 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab lavr yaprog'i
8 dona gvazdika
Qadam 1
Tugllandi

Qozonga suv va marinadga kerakli barcha ziravorlarni solamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz.

Qadam 2
Tugllandi

Baqlajonlarni yuvib, po'stini archamiz va 1-1,5 sm kattaalikda xohlagan shaklda to'g'rab olamiz.

Qadam 3
Tugllandi

Baqlajonlarni qaynayotgan suvimizga solib, 4-4,5 daqiqa qaynatamiz.

Qadam 4
Tugllandi

So'ng olovdan olib, chovliga solib, ortiqcha suvidan xalos qilamiz.

Qadam 5
Tugllandi

Sarimsoqpiyoz va shivitni mayda to'g'rab, sovigan baqlajonlar ustidan solamiz. O'simlik yog'ini ham quyamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Sovigan baqlajonlarni bankaga solamiz va 5-6 soatga sovutgichga olib qo'yamiz. Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

2 kilo baqlajon
6-7 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 bog' shivit
200 millilitr o'simlik yog'i
Marinadiga:
2 litr suv
2 osh qoshiq tuz
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq 70% sirka
8 ta qora murch donachalari
ta'bga qarab lavr yaprog'i
8 dona gvazdika
oldingi
Videoretsept: Karam va go’shtli rulet
keyingi
Norin

Fikringiz