«Nokli tatin» pirogi
Masalliqlar:
-
Xamiriga
-
200 gram un
-
100 gramm sariyog'
-
30 gramm shakar upasi
-
1 ta tuxum
-
1-2 osh qoshiq iliq suv
-
1 chimdim tuz
-
Asosiga
-
1 kilo nok
-
Karameliga
-
100 gramm shakar
-
1 osh qoshiq suv
-
1 osh qoshiq limon sharbati
-
ozroq vanil ekstrakti
-
50 gramm sariyog'
-
2 dona arpabodiyon urug'i
Yo’nalishlar
Tatin – deb, mevalari avval karamelda qovurilib, so’ng xamirning ostida pishiriladigan pirogga aytiladi. Bu shirinlikning vatani Fransiya hisoblanadi.
Bu pirog pishgandan so’ng, ag’darilib olinadi. Tatinni muzqaymoq yoki xushbo’y choylar bilan iste’mol qilish ayni muddao.
Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 20 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
200 gram un | |
100 gramm sariyog' | |
30 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum | |
1-2 osh qoshiq iliq suv | |
1 chimdim tuz | |
Asosiga |
|
1 kilo nok | |
Karameliga |
|
100 gramm shakar | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ozroq vanil ekstrakti | |
50 gramm sariyog' | |
2 dona arpabodiyon urug'i |
Bitta tog'orachaga un, shakar upasi va tuzni solamiz, ustidan sariyog'ni solib, qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.
Tuxumni suv bilan aralashtirib olamiz, unli massa ustidan quyib, tezda xamir qorib olamiz. Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga o'rab, sovutgichga 30 daqiqada qo'yamiz.
Nokni po'stini archamiz, o'rtasidan teng ikkiga bo'lib, urug'cha va dumchalarini tozalab olamiz.
Shakar, suv va limon sharbatini birga qaynatamiz, so'ng esa ustidan sariyog' bilan vanilin solamiz. Karamel ustidan noklarni qo'yib chiqamiz keyin arpabodiyon urug'i va vanil ekstraktini solamiz.
Gaz ustidagi karamelda noklarni har bir tomonini 2 daqiqadan qizaritib olamiz.
Gaz pechini 180 C darajada qizdiramiz. Noklarni kesilgan joyini tepaga qilib, qolipga teramiz.
Xamirni sovutgichdan olamiz, qolipdan sal kattaroq hajmda aylana shaklda yoyib olamiz va noklarning ustidan yopamiz. Xamirning bir nechta joyini sanchiq bilan teshib chiqamiz.
180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 25-30 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pirog pishgandan so'ng issiqligida ustidan kattaroq lagan qo'yib, pirogni ag'darib olamiz. Faqat ehtiyot bo'ling, chunki karamel juda qaynoq. Sovutib, so'ng iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga |
|
200 gram un | |
100 gramm sariyog' | |
30 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum | |
1-2 osh qoshiq iliq suv | |
1 chimdim tuz | |
Asosiga |
|
1 kilo nok | |
Karameliga |
|
100 gramm shakar | |
1 osh qoshiq suv | |
1 osh qoshiq limon sharbati | |
ozroq vanil ekstrakti | |
50 gramm sariyog' | |
2 dona arpabodiyon urug'i |