fbpx
Moshxo’rda

Moshxo’rda

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Quyuqqina, tobida qaynab pishgan moshxo’rda taomining retseptini taqdim etamiz.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 50 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

1 kilo mol go'shti
4 dona piyoz
3 ta sabzi
4 ta kartoshka
1 dona pomidor
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona yashil bulg'or qalampiri
dona qizil bulg'or qalampiri
800 gramm mosh
300 gramm o'simlik yog'i
200 gramm guruch
bir juft yashil rayhon yaproqchalari
yarim choy qoshiq kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Barcha sabzavotlar va go'shtni bir xil kattalikda, to'rtburchak qilib to'g'raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Mosh va guruchni yaxshilab yuvib, alohida-alohida idishlarga iliq suvga ivitib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga yog'ni quyib, yaxshilab qizdirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Avval piyozni solib, qizartirib qovuramiz, so'ng go'shtni solib, birga qovuramiz.

Tuzdan tashqari, ziravorlarning bir qismini qozonga solamiz.

Bir necha daqiqa qovuramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng sabzi va kartoshkani solib, 2-3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng pomidor, bulg'or qalampiri va sarimsoqpiyozni solib, yana 2-3 daqiqa qovuramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Ivitilgan moshni suvini to'kib, o'zini sabzavotlarning ustidan solamiz va 5 daqiqa qovuramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustidan suv solib, qaynash darajasiga keltiramiz, olovni pasaytirib, mosh yorilgunga qadar pishiramiz.

So'ng tuz va guruchni solib, tayyor bo'lguniga qadar pishiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Pishgan taomni qopqog'ini yopib, 15 daqiqa tindirib qo'yamiz va keyin suzib, iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 kilo mol go'shti
4 dona piyoz
3 ta sabzi
4 ta kartoshka
1 dona pomidor
5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 dona yashil bulg'or qalampiri
dona qizil bulg'or qalampiri
800 gramm mosh
300 gramm o'simlik yog'i
200 gramm guruch
bir juft yashil rayhon yaproqchalari
yarim choy qoshiq kashnich
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qovurilgan qatlamachalar
keyingi
Ispancha karamaelli flan

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.