fbpx
Mevali kompot

Mevali kompot

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Kompot – foydali va mazali ichimlik bo’lib, uni barcha mavsumda tayyorlash mumkin, ayniqsa yozda unga teng keladigani yo’q. Ammo ushbu ichimlikni tayyorlashda e’tiborga olish kerak bo’lgan kichik sirlar mavjud.

Kompotni faqat yangi va aynimagan meva va rezavor mevalardan pishirish juda muhimdir.

Qattiq mevalar mayda qilib to’g’raladi, yumshoq mevalar esa kattaroq qilib, rezavor mevalar kompotga butunligicha solinadi.

Barcha meva va rezavor mevalar qaynagan suvga solinadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 litr suv
500 gramm o'rik
300 gramm olcha yoki shpanka
200-220 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Suvni kastrulyaga solib, qaynatamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Olcha va o'rikni yuvib, o'rikni ikkiga bo'lamiz, danagini olib tashlaymiz. Olchani butunligicha qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qaynagan suvga mevalarni solamiz. O'rtacha olovda 10 daqiqa pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Shakar solib, yana 5 daqiqa qaynatamiz. So'ngra olovni o'chirib, idish qopqog'ini yopib, 10-15 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Kompotni sovutib, so'ngra dasturxonga tortishimiz mumkin.

  • 25 daqiqa
  • Portsiya 4
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 litr suv
500 gramm o'rik
300 gramm olcha yoki shpanka
200-220 gramm shakar
oldingi
Olchali shtrudel
keyingi
Videoretsept: keyk-popslar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.