Qaynatilgan tuxum sarig’i solib pishirilgan makli pechenyelar
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
125 gramm sariyog'
-
70 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
1 ta tuxum oqi
-
225 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1/2 osh qoshiq mak
Yo’nalishlar
Mak solib pishirilgan pechenyelar bir tishlagandayoq og’izda erib ketsa, uning tarkibi esa ko’pchilikni hayron qoldiradi. Bunday pechenyelar qarsildoq va uvalanuvcha bo’lib pishadi.
Bu pishirig’imizning muhim tarkibiy qismi bu qaynatilgan tuxum sarig’i bo’lib, aynan ular sabab ham pechenyelar noodatiy ko’rinish kasb etadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 14 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
125 gramm sariyog' | |
70 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
1 ta tuxum oqi | |
225 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/2 osh qoshiq mak |
Tuxumlarni oldinroq qaynatib pishiramiz. Tuxum oqini sarig'idan ajratamiz. Sarig'ini ezib maydalaymiz va chetga olib qo'yamiz.
Alohida idishga esa xona haroratida yumshagan sariyo' va shakarni solib, oqarguniga qadar yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Vanil shakari va tuz sepamiz.
Bitta tuxum oqini solib, yaxshilab ko'pirtirib olamiz. So'ng oz-ozdan maydalangan tuxum sarig'ini solib, silliq holatga kirgunicha ko'pirtirib olamiz.
Un bilan qabartmani elab solamiz va xamir qorib olamiz. Makni ham solib, yaxshilab mushtlab olamiz.
30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Tingan xamirni yoyib, undan xohlagan shakldagi pechenyelar kesib chiqamiz. Pech patnisiga terib chiqamiz va 190 C darajada qiizgan pechda 15 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Sovigan pechenyelar ustidan shakar upasi sepib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.