Limon-laymli tart
Masalliqlar:
-
160 gramm un
-
1 ta tuxum sarig'i
-
75 gramm muzdek sariyog'yoki margarin
-
20 millilitr muzdek suv
-
15 gramm shakar
-
5 gramm qabartma
-
1/6 choy qoshiq tuz
-
Asosiga:
-
1 dona limon
-
1 dona laym
-
3 ta tuxum
-
140 gramm tvorogli pishloqHochland
-
50 millilitr qaymoq
-
70 gramm shakar
Yo’nalishlar
Nafaqat limon, balki laym ham qo’shib tayyorlaniladigan tart retseptini sizlarga taqdim etamiz. U mayin ta’mda bo’lib, tetiklashtiruvchi «Moxito» kokteliga o’xshab ketadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
160 gramm un | |
1 ta tuxum sarig'i | |
75 gramm muzdek sariyog' | |
20 millilitr muzdek suv | |
15 gramm shakar | |
5 gramm qabartma | |
1/6 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1 dona limon | |
1 dona laym | |
3 ta tuxum | |
140 gramm tvorogli pishloq | |
50 millilitr qaymoq | |
70 gramm shakar |
Tog'orachaga un, shakar, qabartma va tuzni solamiz. Sariyog'ni un ustidan qirg'ichdan chiqarib solamiz. Un bilan birgalikda qo'lda yaxshilab ishqalab, kukunsimon holatga keltiramiz.
Tuxum sarig'ini ham solamiz. Suvni quyib, xamir qoramiz va xamirni yelim xaltaga solib, 30 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Qolip olib, sariyog' surtib chiqamiz. Pechni esa 180 C haroratga yoqib qo'yamiz. Xamirni sovutgichdan olib, ikkita pergament qog'oz o'rtasida yoyib olamiz.
So'ng xamirni qolipga olamiz.
Ustidan pergament qog'oz to'shab, "yuk" sifatida loviya yoki no'xat solamiz.
Ustidagi og'irlik bilan 10 daqiqa pishiramiz, so'ng qog'oz bilan donlarni olib, korjni ozini yana 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Asosiga:
Limon bilan laymni po'stini qirg'ichdan chiqarib olamiz va shakar bilan aralashtiramiz.
So'ng ularning sharbatlarini siqib, shakarli aralashma ustidan quyamiz.
Tuxumlarni ustidan chaqib solamiz va venchikda ko'pirtiramiz. So'ng tvorogli pishloq va qaymoqni solib, silliq holatga kirgunicha venchikda ko'pirtirib olamiz.
Pishgan xamir ustidan aralashmani quyib, pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz. Pishgan tartni sovutgichda 2 soat davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
160 gramm un | |
1 ta tuxum sarig'i | |
75 gramm muzdek sariyog' | |
20 millilitr muzdek suv | |
15 gramm shakar | |
5 gramm qabartma | |
1/6 choy qoshiq tuz | |
Asosiga: |
|
1 dona limon | |
1 dona laym | |
3 ta tuxum | |
140 gramm tvorogli pishloq | |
50 millilitr qaymoq | |
70 gramm shakar |