fbpx
Koreyscha go’sht va bodringli  salat

Koreyscha go’sht va bodringli salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

O’zbekistonda yashovchi aholi koreys oshxonasi taomlarini sevib iste’mol qilishi hech kimga sir emas. Eng ommabop koreyscha salatlardan biri – go’sht va bodringli salat tayyorlash sirlarini ochmoqchimiz.

Salatning achchiqligini va ziravorlar miqdorini ta’bingizga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

Bu salat 3-4 kun davomida sovutgichda yaxshi saqlanadi. Shuning uchun uni oldindan ko’proq tayyorlab qo’ying. Aminmizki, bu salat barcha oila a’zolaringizga birdek yoqadi.

Masalliqlar:

100 gramm mol go'shti
6-7 ta bodring
1 bog' kashnich
1 bosh piyoz
ta'bga qarab achchiq qalampir
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1-2 choy qoshiq 9% li sirka
0.5 choy qoshiq shakar
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Bodringlarni to’g’rang. Uchlarini kesib tashlang, ikkiga bo’ling, har bir pallani uzunasiga 4 qismga bo’ling. Agar bodringlar juda uzun bo’lsa, ularni o’rtasidan yana ikkiga bo’lish mumkin.

Qadam 2
Tugallandi

Bodringlarni idishga soling, tuzlang va 15-20 daqiqa suvi chiqishi uchun olib qo’ying.

Qadam 3
Tugallandi

Yog’siz go’shtni yupqa somoncha qilib to’g’rang.

Chuqur tovada baland olov ustida go’shtni tez qovurib oling. Suvi ketgach, darhol yarimhalqa qilib to’g’ralgan piyoz soling va go’sht pishguncha qovurishda davom eting. Qovurish oxirida paprika va achchiq qalampirni qo’shing.

Qadam 4
Tugallandi

Bodringlarni siqib oling (suvi kerak emas). Bodringga shakar, qora murch, ezilgan sarimsoq piyoz va mayda to’g’ralgan kashnich qo’shing.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor go’sht va bodringlarni aralashtiring.

Shu bosqichda sirka qo’shing.

Tayyor salatni dasturxonga tortishingiz mumkin, bundan tashqari u 3-4 kun sovutgichda yaxshi saqlanadi.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

100 gramm mol go'shti
6-7 ta bodring
1 bog' kashnich
1 bosh piyoz
ta'bga qarab achchiq qalampir
1 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
1-2 choy qoshiq 9% li sirka
0.5 choy qoshiq shakar
2-3 tishcha sarimsoqpiyoz
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Baqlajon va rayhonli salat
keyingi
Hyatt Regency mehmonxonasining retseptlari: «Toshkent» salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.