fbpx
Irlandcha non

Irlandcha non

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Har kunlik uyda tayyorlasa bo’ladigan oddiy xamirturushsiz non retsepti.

Ushbu non – irlandcha sodali non nomini olgan bo’lib, ko’rinishidan Irlandiyalik dehqonlar non pishirish uchun ko’p vaqt sarflashni istamay, yangicha tezpishar non retseptini o’ylab topishgan.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 10 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm un
5 gramm tuz
4 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq qabartma
20 gramm shakar
70 gramm sariyog'
400 millilitr kefir
1 ta tuxum
90 gramm mayiz va turshak
Qadam 1
Tugallandi

Katta idishda barcha quruq mahsulotlarni aralashtiramiz: un, iste'mol sodasi, qabartma, shakar va tuz. Shularning hammasini venchik yordamida yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra quruq mahsulotlarga to'rtburchak shaklida to'g'ralgan sovuq sariyog'ni qo'shamiz va qo'lda aralashtiramiz. Sariyog' bo'laklari qolishi kerak emas.

Endi quritilgan mevalarni solsak ham bo'ladi (maslahat: yana yong'oq, qovoq urug'i yoki quritilgan mevalar solishingiz ham mumkin). Aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Alohida idishda tuxum va kefirni aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Quruq massaga kefir va tuxumni qo'shib, xamir qoramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni un sepilgan stol ustiga qo'yib, undan 1 ta katta bo'lak yoki2 ta bo'lak hosil qilamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Nonni pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtirib, pichoq yordamida kesmalar hosil qilamiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ngra 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30-40 daqiqaga yuboramiz.

  • 1 soat
  • Portsiya 2
  • Oddiy
  • 200 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm un
5 gramm tuz
4 gramm iste'mol sodasi
1 choy qoshiq qabartma
20 gramm shakar
70 gramm sariyog'
400 millilitr kefir
1 ta tuxum
90 gramm mayiz va turshak
oldingi
Videoretsept: gaz pechida pishirilgan qatlama
keyingi
Qulupnayli trayfl

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.