fbpx
«Grafskie razvalini» torti

«Grafskie razvalini» torti

Masalliqlar:

  • Biskvitiga:

  • Kremiga:

  • Bezesiga:

  • Bezatish uchun:

Yo’nalishlar

Mana bunday mazali va betakror ko’rinishli tortni deyarli hamma ta’tib ko’rgan bo’lsa kerak.

Bunday shirinlikni tayyorlash oson bo’lib, faqatgina beze tayyorlashdan ko’pchilik cho’chiydi. Ammo bizning batafsil retseptimiz bu muammoga yechim bo’la oladi.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 36 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Biskvitiga:
2 ta tuxum
50 gramm shakar
60 gramm un
Kremiga:
200 gramm sariyog'
300 gramm quyultirilgan sut
Bezesiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
50 gramm shakar
Bezatish uchun:
50 gramm qora shokolad
Qadam 1
Tugallandi

Biskvitli asosini tayyorlab olamiz:

Tuxum va shakarni birga taxminan 5 daqiqa davomida ko'pirtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ng unni elab solamiz va lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Pech patnisiga pergament qog'oz to'shaymiz va 18-20 sm kattalikda aylana shakl chizamiz.

Xamirni shu aylana shakl ichiga quyamiz va lopatkada ustini tekislab, chetidan chiqarmaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng 190 С darajada qizigan pechga qo'yib, 15-17 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Aylana qolip yordamida biskvitning issiqligida bitta katta aylana shakl kesib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Bezeni quyidagi retsept asosida pishirib olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Kremini tayyorlab olamiz:

Xona haroratida yumshagan sariyog'ni mikser yordamida 2-3 daqiqa davomida yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

So'ng ko'pirtirishni to'xtatmay, quyultirilgan sutni ingichka qilib quyamiz. Krem silliq va momiq holatga kirguniga qadar yaxshilab ko'pirtiramiz. Bunga taxminan 4 daqiqa vaqt sarflanadi.

So'ng tayyor bo'lgan kremni qandolatchilik qopchasiga solamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Tortni yig'ish:

Tortni yig'ish uchun mos idish tanlaymiz. Ustidan biskvitni qo'yamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Bezalar har birining ostiga qoshiq yoki qandolatchilik qopchasi yordamida krem surtib olamiz va har bir bezeni biskvit ustidan terib chiqamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Shu jarayonni barcha bezelar bilan takrorlab, ularni ustma-ust terib chiqamiz. Ular o'rtasidagi bo'sh joyga esa krem surtib chiqamiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tort ustini eritilgan shokolad va yong'oqlar bilan bezab chiqamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Biskvitiga:
2 ta tuxum
50 gramm shakar
60 gramm un
Kremiga:
200 gramm sariyog'
300 gramm quyultirilgan sut
Bezesiga:
3 ta tuxum oqi
150 gramm shakar upasi
50 gramm shakar
Bezatish uchun:
50 gramm qora shokolad
oldingi
Qovoqcha va pomidorli gazak
keyingi
Bodring va xantal solingan tovuq filesidan salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.