fbpx
Gaz pechida pishirilgan kurka go’shti

Gaz pechida pishirilgan kurka go’shti

Masalliqlar:

  • Tuzli aralashmasi uchun:

  • Marinadi uchun:

Yo’nalishlar

Bayram yaqinlashgan sari barcha ayollar bayramga nima tayyorlasam ekan deb bosh qotirishadi. Gaz pechida qizarib pishgan kurka go’shti esa bu muammoga bemalol yechim bo’la oladi. Yumshab pishgan go’sht va undan taralgan xushbo’y ifor bir tasavvur qilinga qanday mazali!

Bu retsept asosida kurka go’shtini tayyorlash juda oson bo’lib, hatto pazandachilikni endi boshlaganlar ham uddalay olishadi.

Masalliqlar:

1 dona butun kurka bizlar xarid qilgan kurka 4 kg
Tuzli aralashmasi uchun:
10 osh qoshiq tuz
5 osh qoshiq shakar
5 litr suv
Marinadi uchun:
2-3 osh qoshiq asal
1 dona limon sharbati
1-2 osh qoshiq xantal donachalari
4 osh qoshiq zaytun moyi
xohishga qarab soya qaylasi
Qadam 1
Tugallandi

Kurka go'shti sersuv va mayin bo'lib pishishi uchun uni tuzli suvga solib ivitib qo'yish kerak. Buning uchun kurkani idishga solib, to'liq ko'mgunicha suv solamiz.

So'g 1 litr suvga 2 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq shakar solamiz.

Bir kechaga ivitib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Kichikroq idishga limon sharbati, zaytun yog'i, asal va xantal donachalarini solib aralashtiramiz. Ta'tib ko'ramiz, agar shirasi past bo'lsa yana ozroq asaldan solamiz, agar judashirin bo'lsa, unda soya qaylasidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Kurka go'shtiga yaxshilab marinaddan surtib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng folga qog'ozga solib, 1.5-2 soat davomida 180 C haroratda pishirib olamiz.

Undan keyin esa folgani olib, 200 C darajada tillarangga kirgunicha pishirib olamiz. Muntazam ravishda o'zidan ajralib chiqqan sharbatini ustidan quyib turamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona butun kurka bizlar xarid qilgan kurka 4 kg
Tuzli aralashmasi uchun:
10 osh qoshiq tuz
5 osh qoshiq shakar
5 litr suv
Marinadi uchun:
2-3 osh qoshiq asal
1 dona limon sharbati
1-2 osh qoshiq xantal donachalari
4 osh qoshiq zaytun moyi
xohishga qarab soya qaylasi
oldingi
Tunets balig’i va makkajo’xoridan tayyorlangan salat
keyingi
Apelsinli pechenyelar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.