Feta pishlog’i va pomidor bilan pishirilgan pirog
Masalliqlar:
-
200 gramm tayyor qatlama xamir
-
200 gramm pomidor cherry
-
200 gramm feta pishlog'i
-
3 ta tuxum
-
1 osh qoshiq oregano
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Mayin qatlama xamir va pishloq-pomidorli asosdan tashkil topgan uyg’unlik mazali pirog tayyorlash uchun yetarli sanaladi! Bizlar bunda grekcha feta pishlog’idan ishlatdik va bu pirogga o’zgacha ta’m bag’ishladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 30 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm tayyor qatlama xamir | |
200 gramm pomidor cherry | |
200 gramm feta pishlog'i | |
3 ta tuxum | |
1 osh qoshiq oregano | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Pomidorlarni ikkiga bo'lib chiqamiz. Tovaga ozroq yog' solib, pomidorlarni biroz yumshagunicha dimlab olamiz. So'ng sovutib olamiz.
Tog'orachaga tuxum, pomidor va ziravorlarni solib, aralashtiramiz.
Pishiradigan qolipimizga sariyog' surtamiz.
Xamirni yoyib, qolipga olamiz. Sanchiq bilan bir nechta joyini nomiga teshib chiqamiz.
Aralashmani xamirning ustidan quyamiz. Ustidan feta pishlog'ini to'g'rab, terib chiqamiz.
180 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
To'g'ralgan petrushka sepib, dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm tayyor qatlama xamir | |
200 gramm pomidor cherry | |
200 gramm feta pishlog'i | |
3 ta tuxum | |
1 osh qoshiq oregano | |
ta'bga qarab tuz va murch |