fbpx
Breadly kafesidan retsept: Tuzli karamel

Breadly kafesidan retsept: Tuzli karamel

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun yana o’sha mashhur Breadly kafesi o’zining mazali tuzli karamel retseptini zira.uz o’quvchilari e’tiboriga havola etadi.

Breadlyda qaylani qanday tayyorlanilishini, muassasa xodimlaridan bilib oldik. Uni quymoqlar, har xil pishiriq va tortlar bilan birga iste’mol qilishadi. Tayyorlash jarayoni esa umuman qiyinchilik tug’dirmaydi.

Masalliqlar:

165 gramm shakar
40 millilitr suv
100 gramm yumshatilgan sariyog' xona haroratidagi
15 gramm glyukoza o'rniga xuddi shuncha asal solsa ham bo'ladi
50 gramm qaymoq Yog'lilik miqdori ahamiyatga ega emas, faqat ishlatishdan oldin biroz ilitib olinadi
30 millilitr sut
7 gramm tuz
Qadam 1
Tugallandi

Kerakli masalliqlarni tayyorlab olamiz. Sariyog' xona haroratida bo'lishi kerak. Qaymoqni biroz ilitib olamiz. Qaylani tovada tayyorlab olish yaxshiroq.

Qadam 2
Tugallandi

Tovaga shakarni o'zini solib eritamiz. So'ng suv va glyukozani solamiz. Glyukoza o'rniga asal solsak ham bo'ladi. Silliq holatga kirgunicha aralashtiramiz. Rangi o'zgarishiga guvoh bo'lasiz.

Qadam 3
Tugallandi

Rangi o'zgarghanidan so'nggina sariyog'ni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sut solib aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng qaymoqni biroz ilitib, oz-ozdan karamel ichiga quyamiz. Yaxshilab aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tuz solamiz va yaxshilab aralashtirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

165 gramm shakar
40 millilitr suv
100 gramm yumshatilgan sariyog' xona haroratidagi
15 gramm glyukoza o'rniga xuddi shuncha asal solsa ham bo'ladi
50 gramm qaymoq Yog'lilik miqdori ahamiyatga ega emas, faqat ishlatishdan oldin biroz ilitib olinadi
30 millilitr sut
7 gramm tuz
oldingi
Qulupnay va rovochdan pishirilgan pirog
keyingi
Videoretsept: Tvorog va ko’katlardan somsa

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.