fbpx
Bolalikdagidek naychalar

Bolalikdagidek naychalar

Masalliqlar:

  • sirop uchun

  • tuxumli krem uchun

Yo’nalishlar

Butun oila uchun eng yoqimli shirinlik! Mazali va oson! Qaynatilgan kremga ega naychalarni ham bayram dasturxoniga, ham har kunlik choy ichishlar uchun tayyorlash mumkin.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlama xamir
50 gramm un
1 ta tuxum ustiga surtish uchun
sirop uchun
100 millilitr suv
75 gramm shakar
tuxumli krem uchun
4 ta tuxum oqi
75 gramm shakar
Qadam 1
Tugallandi

Tayyor xamirni 3 mm qalinlikdagi to'g'ri to'rtburchak shaklida yoyib, 2 sm qalinlikdagi chiziqchalarga kesib chiqamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Folgani olib, konus shakliga keltirib olamiz va xamir chiziqchalarini folgaga o'rab chiqamiz. Folgaga o'ralgan xamirlarni gaz pechi patnisiga joylashtirib chiqamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Naychalarga tuxum surtib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga yuboramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Krem tayyorlaymiz. Tuxum oqini mikser yordamida oz-ozdan 75 gramm shakar solgan holda yaxshilab ko'pirtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Idishga suv va 75 gramm shakar solib, quyilgunicha qaynatamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Siropni ko'pirtirilgan tuxumlarga solib, aralashtiramiz va 5 daqiqaga muzlatgichga yuboramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor naychalarni sovutib, folgadan bo'shatamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Kremni konditer qopchasiga joylashtiramiz va naychalarni krem bilan to'ldiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Yoqimli ishtaha!

  • 60 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
500 gramm tayyor qatlama xamir
50 gramm un
1 ta tuxum ustiga surtish uchun
sirop uchun
100 millilitr suv
75 gramm shakar
tuxumli krem uchun
4 ta tuxum oqi
75 gramm shakar
oldingi
Turshak qo’shib pishirilgan apelsinli keks
keyingi
Videoretsept : Bedana tuxumili teftellar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.